$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
31° Kechasi 18°

Navoiyda shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi –yilning eng yaxshi bitimi deb topildi

09:07 / 11.01.2023

Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Birlashgan Arab Amirliklari "Masdar“ kompaniyasining Navoiy viloyati Zarafshon shahrida 500 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi ”PFI Awards" tomonidan Markaziy Osiyoda yilning eng yaxshi bitimi, deb topildi.

Qayd etish joizki, elektr stansiyasini qurish loyihasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi va “Masdar” kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlari asosida amalga oshirilmoqda.

Shartnoma “Masdar” kompaniyasiga 25 yil davomida elektr stansiyasini moliyalashtirish, loyihalash, qurish va ishlatishni ko‘zda tutadi.

Loyihani amalga oshirish uchun 600 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishi rejalashtirilgan. Stansiya ishga tushirilgach, yiliga 545 million metr kub tabiiy gaz tejaladi. Karbonat angidrid chiqindilarini 1,1 million tonnaga kamaytirib, yiliga 500 ming xonadonning iste’moliga teng bo‘lgan 1,6 milliard kilovatt soat elektr ishlab chiqarishni ta’minlaydi.

Investisiya loyihasi O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan 2026-yilga borib elektr energiyasi ishlab chiqarishning umumiy hajmida qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini 25 foizga yetkazish bo‘yicha belgilangan vazifalarni hal etishga qaratilgan.

Ushbu mukofotni olish investisiya loyihasining murakkabligi va uning barcha ishtirokchilarining makroiqtisodiy o‘zgaruvchan davrda birgalikdagi sa’y-harakatlarining umumjahon e’tirofidir, deyiladi vazirlik xabarida.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, PFI (Project Finance International) eng nufuzli mukofotlardan biri bo‘lib, har yili Yevropa, AQSH, Osiyo, Yaqin Sharq va Afrikadagi loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha eng yaxshi operatsiyalar uchun beriladi.


Bu ham qiziq

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qiymati 49 mlrd 255 mln dollarga yetdi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qiymati 49 mlrd 255 mln dollarga yetdi

Joriy yil 1-may holatiga ko‘ra, respublika oltin-valyuta zaxiralari qiymati 49 mlrd 255 mln dollarga yetdi. Bu tarixiy rekor…
10:47 / 10.05.2025
Ukraina O‘zbekistonning 3 ta kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar qo‘llaydi

Ukraina O‘zbekistonning 3 ta kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar qo‘llaydi

Ukraina uchta O‘zbekiston kompaniyasi va bir O‘zbekiston fuqarosiga qarshi sanksiyalar kiritdi. Tegishli farmonni prezident …
18:38 / 11.05.2025
AQSh Xitoy tovarlariga bojlarni 54 foizgacha pasaytirmoqchi

AQSh Xitoy tovarlariga bojlarni 54 foizgacha pasaytirmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Pekin bilan muzokaralar chog‘ida Xitoy importiga 145 foizlik bojlarni 50-54 foizgac…
22:00 / 09.05.2025
Samarqanddagi zapravkada yuz bergan portlash oqibatida vafot etganlar 3 kishiga yetdi

Samarqanddagi zapravkada yuz bergan portlash oqibatida vafot etganlar 3 kishiga yetdi

Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.
09:45 / 11.05.2025
Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda paxta yetishtirish bo‘yicha 95 million dollar investitsiya kiritadi

Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda paxta yetishtirish bo‘yicha 95 million dollar investitsiya kiritadi

Xitoyning Jiangsu World Group korporatsiyasi Surxondaryo viloyatidagi paxta yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha avtomatla…
20:25 / 08.05.2025
Tramp AQSh Falastinni tan olishini e’lon qilishi mumkin

Tramp AQSh Falastinni tan olishini e’lon qilishi mumkin

Qaror Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan sammitda e’lon qilinishi kutilmoqda.
15:40 / 10.05.2025
Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi yakunlandi

Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin taklifiga binoan …
08:33 / 10.05.2025
Soliq mobil ilovasining foydalanuvchilari soni ma’lum qilindi

Soliq mobil ilovasining foydalanuvchilari soni ma’lum qilindi

Joriy yil 1-may holatiga ko‘ra, Soliq mobil ilovasida 10 million 965 ming nafardan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan.
12:10 / 11.05.2025
O‘zbekistonda saratonga qarshi kurash milliy rejasi ishlab chiqilmoqda

O‘zbekistonda saratonga qarshi kurash milliy rejasi ishlab chiqilmoqda

O‘zbekistonda saraton kasalligiga qarshi kurash milliy rejasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda JSSTning O‘zbekistondagi matbuot …
21:02 / 09.05.2025
Sirdaryoda voyaga yetmagan bola zoʻravonlikka uchradi

Sirdaryoda voyaga yetmagan bola zoʻravonlikka uchradi

Yosh bolaga zo‘ravonlik qilgan erkak sarlavhali videolar tarqalgan. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokamalarga sabab b…
21:37 / 10.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!