Bir muddat oldin Samarqand shahri Bo‘stonsaroy va Rudakiy ko‘chalari kesishmasidagi topshirilganiga 3 kun bo‘lgan yangi yerosti yo‘li devorlaridan ko‘p miqdorda suv sizib chiqqani haqida aytilgan edi.
“1-Ko‘prik qurilish” otryadi” direktor o‘rinbosari Azimbek Mirzayev hodisaga izoh berdi.
Mutaxassis aytishiga ko‘ra, ko‘prik ostidan suv chiqishiga suv oqib ketish yo‘llarida tashqaridan kelayotgan chiqindilar tiqilib qolgani sabab bo‘lgan.
“Oqqan suvning ko‘prik konstruksiyaviy yoki boshqa qismiga zarari yo‘q. Ko‘prik qurilishi hali oxirigacha yetkazilmagani va suv oqib ketish yo‘llari oxirigacha qurilmagan uchun shu hodisa kelib chiqqan”, – deydi mutaxassis.
U, shuningdek, ko‘prik hali qurib bitkazilmaganini, yanvar oyi oxirida to‘liq qurib bitkaziladi va foydalanishga topshirilishini aytadi.
“Mazkur obyekt to‘liq foydalanishga topshirilganidan so‘ng bu kabi holatlar kuzatilmaydi. Chunki qurilishda barcha tomonlar o‘rganilib, hisobga olingan”, – deydi Azimbek Mirzayev.
Eslatib o‘tamiz, mazkur obyekt rasman 2021-yilning 31-dekabrida foydalanishga topshirilgan va shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Turdimov ham ishtiroki etgan edi.
Eslatib o‘tamiz, foydalanishga topshirilganidan so‘ng 3 kun o‘tib devorlaridan suv chiqib ketgan mazkur obyektning qurilish ishlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Ko‘prikqurilish” tresti UK tomonidan amalga oshirilgan.
Ma’lumot uchun, “Ko‘prikqurilishloyiha” unitar korxonasi loyihasi asosida pudratchi – 1-Ko‘prikqurilish otryadi Samarqand shahridagi M-39 avtoyo‘lning 1083-kilometridan o‘tuvchi yangi yo‘l o‘tkazgich qurilishini ham olib bormoqda.
Ushbu inshoot estakada qismining uzunligi 111, balandligi 8,5 va kengligi 28,9 metrni tashkil etadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!