Ozarbayjonning qadimiy shaharlaridan biri — Ganjada O‘zbekistonning ushbu mamlakatdagi birinchi faxriy konsulxonasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda ‘Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekiston faxriy konsulxonasining rasmiy ochilish marosimi Ganja shahar ijro hokimiyati boshlig‘i Niyazi Bayramov, Ganja shahridagi Turkiya va Gruziya Bosh konsulxonalari rahbarlari, ishbilarmon doira vakillari, ilm-fan namoyandalari, faol vatandoshlar va mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan.
Tantanali tadbirda so‘zga chiqqanlar ushbu voqea qardosh mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamda sherikchilik munosabatlarini yanada kengaytirish va chuqurlashtirish uchun ajoyib imkoniyat yaratishini ta’kidlaganlar. Shuningdek, Ganjada O‘zbekiston faxriy konsulxonasining ochilishi ikki qardosh mamlakat solnomalarida tarixiy voqea sifatida qayd etilishi aytib o‘tilgan.
Shuningdek, O‘zbekistonning Ozarbayjondagi birinchi faxriy konsuli etib Kyanan Jalilov tayinlangan.
“Rasmiy ochilish marosimidan so‘ng, elchixona xodimlari tomonidan ushbu shaharda istiqomat qilayotgan vatandoshlar uchun sayyor qabul tashkil etildi” - deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!