$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

O‘zbekiston Bolalar va o‘smirlar adabiyoti xalqaro kengashiga a’zo bo‘ldi

09:52 / 03.04.2022

O‘zbekiston Bolalar va o‘smirlar adabiyoti xalqaro kengashiga a’zo bo‘ldi. Bu haqda AOKA xabar berdi

Bu nimani anglatadi? 

Endi o‘zbek yozuvchilari va ijodkorlari ham ushbu kengash tomonidan ta’sis etilgan tanlovlarda qatnashish va xalqaro miqyosda kitobxonlar e’tirofiga sazovor bo‘lish imkoniyatiga ega.

IBBY qanday tashkilot? 

Bolalar va o‘smirlar adabiyoti xalqaro kengashi (International Board on Books for Young People – IBBY) 1953-yilda Syurixda (Shveysariya) UNESCO’ning Bolalar va o‘smirlar adabiyoti bo‘yicha xalqaro kengashi tomonidan tashkil etilgan. Kengashning asosiy maqsadi bolalar va yoshlar adabiyotini rivojlantirish, mamlakatlar milliy adabiyotini xalqaro miqyosga ko‘tarish va ommalashtirishga ko‘maklashishdir. IBBY aynan shunday maqsadga ko‘ra ijodiy va ijtimoiy kuchlarni birlashtiradi. 

Qayd etilishicha, shu kunga qadar O‘zbekiston ushbu tashkilotga a’zo bo‘lmagan. Tashkilot nizomiga ko‘ra, har bir davlatda Milliy sho‘ba tashkil etilishi mumkin, faqat bunda tashkilotning o‘ziga yarasha shartlari va to‘lov summasi mavjud. 

IBBY’ning O‘zbekiton Respublikasi Milliy sho‘basi AOKA tashabbusi bilan tashkil etilgan. 

IBBY’ga a’zolik O‘zbekistonga nima beradi? 

Bundan buyon O‘zbekistonning barcha ijodkorlari, jumladan, bolalar yozuvchilari, rassomlar va boshqa kitob sohasida mehnat qiluvchi insonlar xalqaro kongresslarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

“Yana bir quvonarli tomoni, o‘zbek tilidagi bolalar adabiyotini ham jahon miqyosida taqdim etish, ijodkorlarimizni turli xil sovrinlarga, jumladan Hans Kristian Andersen nomidagi sovrin uchun nomzodini ilgari surish imkoniyati paydo bo‘ldi”, – deyiladi xabarda. 

Shuningdek, IBBY har ikki yilda bir marotaba milliy sho‘balarning har biridan ko‘zga ko‘ringan yozuvchilar, illyustrator-rassomlar va tarjimonlarni e’tirof qilish maqsadida ularning eng yaxshi ishlarini “IBBY Honour List” ro‘yxatiga kiritadi.

IBBY’ning barcha a’zolari uchun alohida ahamiyatga ega voqea bu har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining Butunjahon kongressi hisoblanadi. Milliy sho‘baga ega har bir davlat Xalqaro kongress mezboni bo‘lish imkoniga ega va mamlakat mezbonlikka ariza bergach, kengash ijroiya qo‘mitasi a’zolari tomonidan ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi. Demak, bunday imkoniyat O‘zbekiston Respublikasi Milliy sho‘basida ham mavjud.

2022 yilgi IBBY Kongressiga Malayziya davlati mezbonlik qiladi. Ushbu kongressda O‘zbekiston ham qatnashadi.

Ta’kidlanishicha, Bolalar va o‘smirlar adabiyoti xalqaro kengashiga a’zolik bugungi bayram – Xalqaro bolalar adabiyoti kuni uchun ajoyib sovg‘a bo‘ladi:

“Ushbu xalqaro tashkilotga a’zolik O‘zbekistonda bolalar adabiyotining rivojlanishi uchun katta manfaat keltiradi. Bu yurtimizda kitobxonlikni rivojlantirish, rag‘batlantirish va targ‘ib qilish borasidagi katta qadamdir. Endilikda IBBY orqali adabiyot borasida ham o‘zaro hamkorliklar olib borilishi, jumladan o‘zbek bolalar adabiyotining xorijiy tillarga va xorijiy tillardagi eng mashhur bolalar kitoblarining o‘zbek tiliga tarjima qilinishi kutilmoqda”.


Ilm-fan


														
														Haydovchilarni uyqudan ogohlantiruvchi aqlli ko‘zoynak yaratildi

Haydovchilarni uyqudan ogohlantiruvchi aqlli ko‘zoynak yaratildi

“Haydovchilar uchun uyquga qarshi aqlli ko‘zoynak — AntiSleep Glasses” nomli EHM uchun yaratilgan dastur Adliya vazirligi to…
17:32 / 24.12.2025

														
														NASA tovushdan tez uchuvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi

NASA tovushdan tez uchuvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi

Samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan tik ko‘tarilganidan so‘ng, bir soat parvoz qilgan va NASA Air parvoz tadqiqot markazi yaq…
14:28 / 29.10.2025

														
														Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti g‘oliblari aniqlandi

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti g‘oliblari aniqlandi

Kimyo bo‘yicha 2025-yilgi Nobel mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi.
18:32 / 08.10.2025

														
														Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti topshirildi

Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti topshirildi

2025-yilgi Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Meri Brunkow, Fred Ramsdell va Shimon Sakaguchiga topshirildi.
17:53 / 06.10.2025

														
														Til sertifikatiga ega bo‘lmagan chet tili o‘qituvchilari yil yakuniga qadar ishlaydi

Til sertifikatiga ega bo‘lmagan chet tili o‘qituvchilari yil yakuniga qadar ishlaydi

Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridagi barcha tegishli bo‘limlarga ushbu topshiriqlar yetkazildi.
16:14 / 24.09.2025

														
														Endi super kontrakt miqdorini OTM rektorlari belgilaydi

Endi super kontrakt miqdorini OTM rektorlari belgilaydi

Maqsadli qabul asosida tavsiya etilgan abituriyentlar ushbu imtiyozda
10:53 / 23.09.2025

														
														Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etildi

Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etildi

2025-yil 8-sentyabr kuni Vazirlar Mahkamasining PQ‑279‑son qaroriga binoan, Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etildi.
16:41 / 19.09.2025

														
														O‘zbekistonga qaysi davlat talabalari eng ko‘p o‘qish uchun kelgan?

O‘zbekistonga qaysi davlat talabalari eng ko‘p o‘qish uchun kelgan?

Bu boradagi statistika bilan tanishamiz
17:54 / 10.09.2025

														
														Starlink Qozog‘istonda ishga tushdi

Starlink Qozog‘istonda ishga tushdi

Texnik ishlar va loyihani ishga tushirishgacha bir yildan ortiqroq vaqt ketgan
21:53 / 14.08.2025

														
														O‘zbekistonga o‘qish maqsadida qaysi davlat fuqarolari ko‘proq kelyapti?

O‘zbekistonga o‘qish maqsadida qaysi davlat fuqarolari ko‘proq kelyapti?

Top-10 talikdan 3 ta qo‘shni davlat fuqarolari bor
19:48 / 04.08.2025

Bu ham qiziq

2-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

2-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
16:59 / 01.04.2026
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

U davlatga 4,1 milliard qirg‘iz so‘mi (47 million dollar) miqdorida zarar yetkazganlikda gumon qilinmoqda.
10:15 / 02.04.2026
Shavkat Mirziyoyev tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekdi

Shavkat Mirziyoyev tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekdi

Bu bilan bir vaqtda respublikamiz hududlarida 21 mingga yaqin yurtdoshlarimiz yana 164 gektar maydonda 88 ming tup ko‘chat o…
11:42 / 01.04.2026
Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

22-apreldan boshlab mobil bank ilovalaridan foydalanish uchun telefon raqami aynan foydalanuvchi nomiga rasmiy ro‘yxatdan o‘…
16:49 / 03.04.2026
Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

5 nafar sudlanuvchi tegishliligi bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 246, 273 va 276-moddalari bilan aybdor deb topilib, ularga nis…
11:19 / 02.04.2026
Endi O‘zbekistonda jarimani avtomobil egasi emas, qoidani buzgan haydovchi to‘laydi

Endi O‘zbekistonda jarimani avtomobil egasi emas, qoidani buzgan haydovchi to‘laydi

Bundan tashqari, mazkur qaror bilan qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, avtomototransport vositasini ro‘y…
12:37 / 01.04.2026
Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Qozogʻiston R…
09:23 / 01.04.2026
Xitoyda yangi virus tarqaldi

Xitoyda yangi virus tarqaldi

Reuters xabariga ko‘ra, Xitoyda ilgari uchramagan yangi turdagi yashur kasalligi, ya’ni chorva orasida tez yuqadigan virus a…
11:24 / 03.04.2026
Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

2001-yilda tug‘ilgan shaxs xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning yuk sumkasida bo‘lgan temir payvandlash uskunasi (svar…
17:17 / 01.04.2026
Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
15:36 / 03.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!