O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning noyabr oyida FIFA kunlari doirasida Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bu haqda “Ar-Riyodah” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Saudiya Arabistoni terma jamoasi 2027 yilgi Osiyo Kubogiga tayyorgarlik doirasida noyabr oyidagi xalqaro tanaffus paytida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Saudiyaliklar O‘zbekiston va Janubiy Koreya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Har ikki uchrashuvni Ar-Riyod shahridagi Imom universiteti stadionida o‘tkazish rejalashtirilgan.
19-Osiyo Kubogi 2027 yil 7 yanvardan 5 fevralgacha Saudiya Arabistonining Ar-Riyod, Jidda va Al-Xubar shaharlarida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston terma jamoasi turnirning “B” guruhida Iordaniya, Shimoliy Koreya va Bahrayn bilan birga joy olgan. Saudiya Arabistoni esa guruh bosqichida Quvayt, Ummon va Falastin terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!