O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-dekabr kuni Ashxobod shahridagi Betaraflik monumenti poyiga gul qo‘yish marosimida ishtirok etdi.
Turkmanistonning insonparvarlik g‘oyalari, tinchlik, bunyodkorlik va ezgulik tamoyillariga sodiqligini ifodalovchi Betaraflik va “Betaraflikning 30-yilligi” yodgorliklarini o‘z ichiga olgan majmua hamda unga tutash landshaftli bog‘ Turkmaniston doimiy betarafligining 30-yilligi va Xalqaro tinchlik hamda ishonch yilini nishonlashga tayyorgarlik doirasida qayta qurildi va tantanali ravishda ochildi.
Prezidentimiz boshqa xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan birga monument poyiga gul qo‘ydi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!