$
12091.22 UZS
9.59
149.16 UZS
-1.28
13844.45 UZS
7.36
31° Kechasi 18°

Toshkentda yashil hudud yaratgan fuqaro javobgarlikka tortilgani yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

12:27 / 12.12.2025

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda yashil hudud yaratgani uchun bir fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortilgani haqida xabar bergan edik. Mazkur holat Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan voqea joyiga borib o‘rganilibdi.

O‘rganish davomida ko‘rsatilgan maydon, ya’ni 36 sotix yerda bir fuqaroning tashabbusi bilan kichik bog‘ barpo etilganligi, ushbu hudud allaqachon Qo‘mitaning Toshkent shahar boshqarmasi nazorati ostida bo‘lganligi va bu yerda muntazam monitoring olib borilganligi ma'lum bo‘ldi. Shuningdek, ilgari bu joy tartibsiz chiqindi to‘plangan hudud bo‘lgan, biroq fuqarolar tashabbusi bilan tozalanib, mahalliy aholi uchun obod maskanga aylantirilgan.

“Bugungi kunda bu yerga 246 tup manzarali, mevali daraxtlar va butalar ekilgan. Barcha ko‘chatlar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi elektron platformaga kiritilgan va Qo‘mita nazoratida turibdi.

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlaydi. Ta'kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 199-sonli Farmoniga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslar avtomobil va temir yo‘llar bo‘ylab hamda bo‘sh hududlarda bog‘lar yaratishga haqli. Bundan tashqari, mazkur hujjat bunday tashabbuskor fuqarolarga yer uchastkasini 10 yilgacha bevosita foydalanish uchun berish imkonini ham nazarda tutadi.

Mazkur holatda bog‘ yaratish avvalgi chiqindixonani obodonlashtirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Tashabbuskor fuqaro avvaldan mahalla fuqarolar yig‘iniga murojaat qilib, hududni tozalash taklifini bergan, shundan so‘ng 300 ga yaqin aholi bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlab, hasharda ishtirok etgan.

Toshkentda atmosferani yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar fonida bunday tashabbuslar alohida ekologik ahamiyatga ega. Yashil hududlar kislorod miqdorini ko‘paytiradi, aholining dam olishi uchun qulay va sog‘lom sharoit yaratadi. Bugun bu joy to‘laqonli dam olish maskaniga aylangan bo‘lib, uni bemalol yashil jamoat bog‘i deb atash mumkin.

Qo‘mita yashil hududlarni kengaytirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi”, – deyiladi qo‘mita xabarida.

Biroq, rasmiy munosabatda bog‘ barpo etgan fuqaroga nisbatan qo‘llanilgani aytilgan 82 mln so‘m jarima haqida ma’lumot berilmagan.  

 


O‘zbekiston


														
														Islom sivilizatsiyasi markazi so‘z go‘zalligining oliy ifodasi

Islom sivilizatsiyasi markazi so‘z go‘zalligining oliy ifodasi

Toshkentga yangicha ko‘rkamlik berib, poytaxtimizning markazida qad rostlagan Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat ilm-fan …
20:26 / 17.03.2026

														
														18-mart uchun ob-havo ma’lumoti

18-mart uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
16:16 / 17.03.2026

														
														Farg‘onada “Energosavdo” muhandisi 10 ming dollar pora bilan ushlandi

Farg‘onada “Energosavdo” muhandisi 10 ming dollar pora bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
15:13 / 17.03.2026

														
														Toshkentda “aqlli bekatlar” joriy etiladi

Toshkentda “aqlli bekatlar” joriy etiladi

Bundan tashqari, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun alohida kutish joylari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu esa jamoa…
14:29 / 17.03.2026

														
														Ertaga O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Ertaga O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” 18-mart, chorshanba kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘i…
13:08 / 17.03.2026

														
														Taroveh namozlarida xizmat qilgan qorilarga 10 mln so‘mdan hadya topshirildi

Taroveh namozlarida xizmat qilgan qorilarga 10 mln so‘mdan hadya topshirildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarori bilan Ramazon oyida qariyb “Vaqf” fondi orqali qariyb 20 ming nafar diniy s…
11:58 / 17.03.2026

														
														Toshkentda korrupsiyada ayblangan FVB xodimi ushlandi

Toshkentda korrupsiyada ayblangan FVB xodimi ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati va Prokuratura organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, inspektor muqaddam ol…
11:25 / 17.03.2026

														
														Turkiyada o‘zbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi

Turkiyaning Izmir shahrida O‘zbekiston fuqarosi bilan bog‘liq hodisa yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanb…
09:14 / 17.03.2026

														
														O‘zbekistondan Eronga insonparvarlik yordami jo‘natildi

O‘zbekistondan Eronga insonparvarlik yordami jo‘natildi

O‘zbekiston hukumati 16-mart kuni Eron xalqiga insonparvarlik yordami yubordi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizm…
08:20 / 17.03.2026

														
														17-mart uchun ob-havo ma’lumoti

17-mart uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi.
16:28 / 16.03.2026

Bu ham qiziq

Islom sivilizatsiyasi markazi so‘z go‘zalligining oliy ifodasi

Islom sivilizatsiyasi markazi so‘z go‘zalligining oliy ifodasi

Toshkentga yangicha ko‘rkamlik berib, poytaxtimizning markazida qad rostlagan Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat ilm-fan …
20:26 / 17.03.2026
Toshkent Lacetti va Matiz to‘qnashuvi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Toshkent Lacetti va Matiz to‘qnashuvi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
08:55 / 16.03.2026
Eron Ukrainaga hujum qilish bilan tahdid qildi

Eron Ukrainaga hujum qilish bilan tahdid qildi

Bu haqda Eron parlamenti Milliy xavfsizlik komissiyasi raisi Ibrohim Aziziy o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’l…
11:50 / 15.03.2026
Turkiyada o‘zbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi

Turkiyaning Izmir shahrida O‘zbekiston fuqarosi bilan bog‘liq hodisa yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanb…
09:14 / 17.03.2026
Donald Tramp:  Zelenskiy bilan kelishuv Putinga qaraganda ancha qiyinroq

Donald Tramp:  Zelenskiy bilan kelishuv Putinga qaraganda ancha qiyinroq

AQSh Prezidenti Donald Tramp Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan kelishuvga erishish Rossiya Prezidenti Vladimir Put…
15:44 / 15.03.2026
Toshkentdagi Park in Mall savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi Park in Mall savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi

Yong‘in oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.
14:30 / 15.03.2026
“Mukofotlar uchun emas, o‘zgarishlar uchun ovoz bering” – Iqtisodiyot va moliya vazirligi

“Mukofotlar uchun emas, o‘zgarishlar uchun ovoz bering” – Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Vazirlik “Tashabbusli byudjet” bo‘yicha firibgarlikdan ogohlantirdi.
10:51 / 15.03.2026
Rossiyada qo‘lga olingan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Rossiyada qo‘lga olingan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

“Mamlakatimizning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limiga ushbu davlatda mehnat qilayotgan vatandoshimiz yordam so‘rab m…
12:10 / 16.03.2026
O‘zbekiston tog‘-kon sanoatiga 10 milliard dollar xorijiy investitsiya kiritildi

O‘zbekiston tog‘-kon sanoatiga 10 milliard dollar xorijiy investitsiya kiritildi

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda tog‘-kon sanoatini rivojlantirish va sohani modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli islo…
13:20 / 16.03.2026
O‘zbekistondan Eronga insonparvarlik yordami jo‘natildi

O‘zbekistondan Eronga insonparvarlik yordami jo‘natildi

O‘zbekiston hukumati 16-mart kuni Eron xalqiga insonparvarlik yordami yubordi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizm…
08:20 / 17.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!