O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo Kubogidagi navbatdagi g‘alabasi orqali 2026-yilgi Jahon chempionati ishtirokchisiga aylandi.
Jamoa 2-tur doirasida Hindiston U-17 termasini 3:0 hisobida taslim qildi. Uchrashuvda hisob 32-daqiqada Laziz Abduraimov tomonidan penaltidan ochildi. Ikkinchi bo‘limda hindistonlik futbolchi o‘z darvozasiga gol kiritdi. 77-daqiqada esa Ahrorbek Ravshanbekov uchinchi golni kiritib, bahsga nuqta qo‘ydi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston bir guruhdan Avstraliya, Hindiston va KXDR bilan joy olgan edi. Ammo KXDR U-17 terma jamoasi musobaqada ishtirok etmagani sababli “oq bo‘rilar” birinchi turni o‘tkazib yubordi. Shu tariqa, Hindiston ustidan qozonilgan g‘alaba jamoaga muddatidan oldin Jahon chempionati yo‘llanmasini taqdim etdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!