$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
27° Kechasi 17°

O‘zbekiston va Germaniya tadbirkorlari ishtirokida turizm yo‘nalishidagi hamkorlik ishlari muhokama qilindi

12:59 / 17.05.2023

Joriy yil 16-may kuni Madaniyat va turizm vazirligi hamda Germaniya turistik assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda Germaniya va O‘zbekiston turizm sohasi vakillari ishtirokida “Destination forum” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov, Germaniya turistik assotsiatsiyasi prezidenti Norbert Fibig hamda ikki mamlakatning yirik turistik kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.

Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov o‘z so‘zida “O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlik ikki davlatning iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shu boisdan O‘zbekiston muntazam ravishda Germaniyada tashkil etiladigan jahondagi eng yirik “ITB-Berlin” turistik yarmarkasida ishtirok etib, Germaniyaning yetakchi OAV vakillari va turoperatorlari uchun mamlakatimizga press-tur va sayohatlar uyushtirmoqda. Shuningdek, Germaniyada “O‘zbekiston turizm va madaniyati kunlari”ni o‘tkazish yaxshi an’anaga aylandi”, deya aytib o‘tdi.

Tadbir davomida Germaniya turistik assotsiatsiyasi a’zolari bilan birgalikda turizm dasturlarini kengaytirish, Germaniyadan keladigan turistlarni qiziqtiradigan yangi turistik marshrutlarni ishlab chiqish va nemis turoperatorlari bilan hamkorlikni faollashtirish, qolaversa, turistik kompaniyalar o‘rtasida shartnomalar tuzish va hamkorlik tarmoqlarini kengaytirish masalalari atroflicha muhokama etildi.

Ma’lumot uchun, Germaniyaning yirik turkompaniyalari yordamida O‘zbekistonning turizm imkoniyatlarini G‘arbiy Yevropa bo‘ylab targ‘ib qilish va ushbu qitʼadan yurtimizga keluvchi turistlar sonini ko‘paytirish maqsadida joriy yilning 11-16-may kunlari Germaniyaning 70 nafar turistik kompaniyalari vakillarining O‘zbekistonga tashrifi tashkil etildi.


Bu ham qiziq

Ilhom Aliyev  9-may kuni Moskvada bo‘lib o‘tuvchi bayramga borishdan bosh tortdi

Ilhom Aliyev  9-may kuni Moskvada bo‘lib o‘tuvchi bayramga borishdan bosh tortdi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev G‘alabaning 80 yilligini nishonlash uchun Moskvaga borishdan bosh tortdi. Bu haqda Rossiy…
21:57 / 07.05.2025
Tashkent Tech nomli yangi texnika universiteti tashkil etiladi

Tashkent Tech nomli yangi texnika universiteti tashkil etiladi

Prezident topshirig‘iga binoan amalga oshirilayotgan loyiha yoshlar o‘rtasida texnika ta’limi nufuzini oshirishga qaratilgan.
11:08 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi

Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston rahbari Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan tantanali ta…
18:22 / 07.05.2025
O‘zbekistonga aprel oyida bir milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurdi

O‘zbekistonga aprel oyida bir milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurdi

O‘zbekistonda 2025-yil aprel oyida sayyohlar soni bo‘yicha rekord qayd etildi. Bir oy ichida bir milliondan ortiq chet ellik…
09:06 / 08.05.2025
YeChL. “PSJ” ikkala bahsda ham “Arsenal” ustidan g‘alaba qozonib finalga yo‘l oldi

YeChL. “PSJ” ikkala bahsda ham “Arsenal” ustidan g‘alaba qozonib finalga yo‘l oldi

7-maydan 8-may sanasiga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar Ligasining ikkinchi yarim final bahsi bo‘lib o‘tdi. Parij shahrida…
10:05 / 08.05.2025
Toshkent – Laxor – Toshkent reyslari bekor qilindi

Toshkent – Laxor – Toshkent reyslari bekor qilindi

Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.
10:08 / 09.05.2025
O‘zbekiston viloyatlariga 241 ta avtobus yetkazib berildi

O‘zbekiston viloyatlariga 241 ta avtobus yetkazib berildi

2025-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston mintaqalariga yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun 241 ta avtobus va 113 ta…
15:36 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Fridrix Mersga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Fridrix Mersga tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Fridrix Mersni ushb…
20:08 / 07.05.2025
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari…
18:59 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi yo‘lladi

Bu haqda, Prezident matbuot xizmati e’lon qildi.
19:51 / 08.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!