22-oktyabr kuni Samarqandda O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlarining mintaqalararo qo‘shma forumi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu forumda Mangustali viloyati hokimi ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo munosabatlarini yanada mustahkamlash maqsadida chegara hududida “Xorgos” savdo majmuasi namunasiga ko‘ra maxsus bojsiz savdo zonasini tashkil etishni taklif qildi. Savdo-iqtisodiy zonaning ochilishi Mangistau viloyati va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini 4 baravar oshirishga imkon beradi.
Forumdagi nutqida Mangistau viloyati rahbari O‘zbekiston bilan, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan barcha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!