$
12141.94 UZS
26.97
162.63 UZS
0.56
14289.85 UZS
29.32
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda 50 taga yaqin ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari tashkil etiladi

12:57 / 16.04.2022

Joriy yil 14-aprel kuni Prezidentning “Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida:

– 2022-yil 1-sentyabrgacha vazirlik, idora va tashkilotlar tasarrufida bo‘lgan taʼlim muassasalari negizida 19 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari hamda 141 ta ixtisoslashtirilgan maktablar;

– 2023-yil 1-iyungacha Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufida bo‘lgan va faoliyati tugatilgan Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchalari negizida 5 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar hamda 3 ta ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi.

2022–2024-yillarda Agentlik tizimida 25 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internat quriladi.

2022/2023-o‘quv yilidan Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi ayrim fanlarni chuqur o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar negizida ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta taʼlim maktablari tashkil etiladi.

Agentlik maktablariga qabul parametrlari bir sinfda o‘quvchilarning eng ko‘p soni 24 nafardan oshmasligini hisobga olgan holda Agentlik tomonidan belgilanadi.

2022/2023-o‘quv yilida Agentlik maktablarining aniq fanlar yo‘nalishiga qabul 5–11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishiga 7–11-sinflarga, keyingi o‘quv yillarida tegishincha 5- va 7-sinflarga amalga oshiriladi.

Agentlik maktablariga o‘quvchilarni qabul qilish aniq va tabiiy fanlar, xorijiy tillar hamda mantiqiy fikrlash bo‘yicha o‘tkaziladigan kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.

Ro‘yxati Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan xalqaro, mintaqaviy yoki asosiy fan olimpiadalarining uchinchi (viloyat) bosqichida g‘olib bo‘lgan (1, 2, 3-o‘rin) umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va boshlang‘ich professional taʼlim tashkilotlari o‘quvchilari o‘zi taʼlim oladigan hududida joylashgan Agentlik maktablariga umumiy qabul parametrlari doirasida kirish imtihonsiz o‘qishga qabul qilinadi.

Agentlik maktablarida aniq va tabiiy fanlar bilan bir qatorda O‘zbekiston tarixi fani chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladi.

Agentlik maktablari direktorining ixtisoslik fanlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi o‘rniga “Maktab maslahatchisi” lavozimi joriy etiladi.

Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda o‘quvchilar uchun autsorsing asosida bepul sog‘lom ovqatlanish tashkil etiladi.


Bu ham qiziq

Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Bundan tashqari, LPR ta’lim va fan vazirining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Shevchenkoga nisbatan sanksiyalar qo‘llanildi.
14:48 / 11.05.2026
Toshkentda o‘yinchoq avtomobilda yo‘lga chiqqan bolaga nisbatan holat yuzasidan chora ko‘rildi

Toshkentda o‘yinchoq avtomobilda yo‘lga chiqqan bolaga nisbatan holat yuzasidan chora ko‘rildi

Toshkent shahrining Bektemir tumanida voyaga yetmagan bola o‘yinchoq avtomobilda katta yo‘lga chiqib, harakatdagi transport …
15:20 / 09.05.2026
Surxondaryodagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi

Surxondaryodagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi

Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanidagi oziq-ovqat bozori hududida yong‘in sodir bo‘ldi.
14:48 / 10.05.2026
Sudya katta yordamchisi 53 ming dollar bilan ushlandi

Sudya katta yordamchisi 53 ming dollar bilan ushlandi

Surxondaryo viloyati sudining sudya katta yordamchisi xizmat mavqeidan foydalangan holda boylik orttirmoqchi bo‘ldi.
17:48 / 12.05.2026
Buxoroda ayol firibgarlarga 1 milliard so‘mdan ortiq pul o‘tkazib yubordi

Buxoroda ayol firibgarlarga 1 milliard so‘mdan ortiq pul o‘tkazib yubordi

Buxoroda ayol telefon firibgarligi oqibatida 1 milliard 9 million so‘mdan ayrildi.
10:44 / 12.05.2026
Toshkentda kuchli yomg‘irdan keyin daryoda qolib ketgan baliqchi qutqarildi

Toshkentda kuchli yomg‘irdan keyin daryoda qolib ketgan baliqchi qutqarildi

Toshkent shahar FVBB qutqaruvchilari tomonidan fuqaroning hayoti saqlab qolindi.
09:16 / 11.05.2026
Oziq-ovqat mahsulotlari narxi ketma-ket uch oy oshdi

Oziq-ovqat mahsulotlari narxi ketma-ket uch oy oshdi

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari narxi ketma-ket …
19:05 / 09.05.2026
Bugun, 12-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 12-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ish…
09:22 / 12.05.2026
Toshkentdagi ko‘plab hududlarni suv bosganidan keyin qanday choralar ko‘rilmoqda?

Toshkentdagi ko‘plab hududlarni suv bosganidan keyin qanday choralar ko‘rilmoqda?

Toshkent shahar hokimligi rasmiy munosabat bilan chiqdi.
10:04 / 12.05.2026
Buxoroda 12 ming dollar pora olgan hokim o‘rinbosari ushlandi

Buxoroda 12 ming dollar pora olgan hokim o‘rinbosari ushlandi

Buxoro viloyati Kogon tumani hokimi o‘rinbosari 12 ming AQSh dollari miqdorida pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
11:06 / 12.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!