Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanidagi oziq-ovqat bozori hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum қилди.
Qayd etilishicha, 9-may kuni soat 04:25 da Qiziriq tumani “Rabotak” MFYdagi Qo‘shbozor ko‘chasida joylashgan bir-biriga tutash do‘konlarda yong‘in kelib chiqqan.
Voqea joyiga 6 ta qutqaruv bo‘linmasi soat 04:27 da yetib borib, yong‘in soat 05:30 da to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida do‘konlarning 70 kvadrat metr maydondagi tom qismi, ichki hududi va mahsulotlari yonib zarar ko‘rgan. 350 kvadrat metr hudud saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘qligi bildirildi. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!