O‘zbekistonda havo harorati 25 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra, 16—17-fevral kunlari O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat shimoli-g‘arbiy hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin. 18—20-fevral kunlari respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduz kunlari havo 20-25 daraja iliqqacha isiydi. Kechalari harorat 7-12 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 23-23 m/s.gacha kuchayishi mumkin.
Tog‘oldi va tog‘li hududlar 16—18-fevral kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘larda qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkent shahrida 16-fevral kuni kunduzi vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat 17-19 daraja iliq bo‘ladi. 17-fevralda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 15-17 daraja iliq bo‘ladi. 18—20-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari 9-12 daraja iliq, kunduz kunlari 22-25 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!