Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev mamlakatda kambag‘allikni kamaytirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha yangi tizim haqida gapirdi.
“Mamlakatimizda kambag‘allikni kamaytirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim – hokim yordamchilari instituti tashkil etildi.
Hozirda respublikadagi mavjud mahallalarda 10 ming nafarga yaqin hokim yordamchilari faoliyat yuritib, ular tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatmoqda.
Hokim yordamchilari orqali subsidiyalar ajratish, ish bilan ta’minlash, kasbiy tayyorgarlikka jalb qilish va biznes yuritish ko‘nikmalari orqali qariyb 2,2 million kishining bandligi ta’minlandi”, – deydi vazir.
Shuningdek, qayd etilishicha, bugungi kunda mehnatga layoqatli aholining 1,3 millioni ishsiz qolmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!