$
11940.95 UZS
38.65
152.68 UZS
0.5
13814.49 UZS
34.01
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda qator aviareyslar kechiktirildi

14:52 / 07.01.2022

O‘zbekistonda quyuq tuman tufayli bir qator aeroportlar faoliyati cheklandi. Bu haqida “Uzbekistan Airports” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, samolyotlar tongda Namangan aeroportida ko‘rish imkoniyati yomon bo‘lgani tufayli parvozni amalga oshirmagan. Shuningdek, Andijon va Navoiy aeroportlarini ham tuman qoplagan.

Namangan aeroportida quyuq tuman oqibatida (ko‘rish masofasi 150 metrga yaqin) “Aeroflot” aviakompaniyasining Sankt-Peterburgdan uchayotgan “AFL602” reysi soat 07:05 da belgilangan aeroportga qo‘na olmay, Toshkentdagi muqobil aerodromga uchgan. Ayni damda aviakompaniya yo‘lovchilarni oziq-ovqat va mehmonxona bilan ta’minlagan. Toshkentdan Namanganga parvoz mahalliy vaqt bilan 18:40 ga belgilangan.

Shuningdek, ob-havo sharoiti tufayli “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining Toshkent—Namangan—Novosibirsk yo‘nalishidagi navbatdagi “HY3669/69” reysining mahalliy vaqt bilan soat 10:35 da Namanganga yetib kelishi kerak bo‘lgan parvozi kechiktirilgan. Hozirda samolyot Toshkentda bo‘lib, uning parvozi soat 13:35 ga belgilangan.

Xabarda keltirilishicha, quyuq tuman yana ikkita – Andijon (ko‘rish masofasi 400 metrga yaqin) va Navoiy (ko‘rish masofasi 50 metrga yaqin) aeroportlarida kuzatilgan. Jadvalda belgilangan vaqt bo‘yicha aeroportlarda parvoz amalga oshirilmagan. Hozirda aeroportlar parvozlarni qabul qilishga tayyor.


Bu ham qiziq

Islombek Ismoilov “Neftchi”da ish boshlaydi

Islombek Ismoilov “Neftchi”da ish boshlaydi

Sobiq O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov O‘zbekiston Superligasining 2025-yilgi g‘olibi “Neftch…
16:42 / 30.11.2025
2-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

2-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

2-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi…
15:08 / 01.12.2025
AQSh va Suriya harbiylari IShID omborlariga hujum uyushtirdi

AQSh va Suriya harbiylari IShID omborlariga hujum uyushtirdi

AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) va Suriya Ichki ishlar vazirligi 24–27-noyabr kunlari IShIDning maxfiy omborlariga bir…
16:46 / 01.12.2025
Farg‘onada erkak xotini va ikki farzandining qotiliga aylandi

Farg‘onada erkak xotini va ikki farzandining qotiliga aylandi

Farg‘ona viloyatida erkak xotini va ikki yosh bolasini o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov…
16:30 / 30.11.2025
O‘zbekistonda tezyurar poyezdlar ishlab chiqariladi

O‘zbekistonda tezyurar poyezdlar ishlab chiqariladi

Dastlabki rejaga ko‘ra, yiliga 10 ta tezyurar poyezd ishlab chiqariladi.
17:45 / 29.11.2025
Havoni ifloslantirayotgan qator issiqxonalar va qurilish obyektlari faoliyati to‘xtatildi

Havoni ifloslantirayotgan qator issiqxonalar va qurilish obyektlari faoliyati to‘xtatildi

Maxsus komissiya vakili Ikrom Tagayev 24–29-noyabr kunlari o‘tkazilgan reyd natijalari haqida ma’lumot berdi.
17:59 / 01.12.2025
Fayzullayevdan debyut gol, Shomurodov to‘purarlik poygasini davom ettirdi

Fayzullayevdan debyut gol, Shomurodov to‘purarlik poygasini davom ettirdi

Kecha, 29-noyabr Turkiya chempionatida o‘zbekistonlik legionerlar to‘p tepayotgan “Bashakshehir” va “Qosimposho” o‘rtasida b…
10:34 / 30.11.2025
Endi soliq to‘lashda faol mahallalarga har yili 2 mlrd so‘mdan ajratiladi

Endi soliq to‘lashda faol mahallalarga har yili 2 mlrd so‘mdan ajratiladi

Joriy yil 28-noyabrda Prezidentning “Soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasini oshirish va faol soliq to‘lovchilarni rag‘batla…
14:42 / 30.11.2025
CNN: “Yermakning iste’fosi Zelenskiy uchun jiddiy sinov bo‘lishi mumkin”

CNN: “Yermakning iste’fosi Zelenskiy uchun jiddiy sinov bo‘lishi mumkin”

Kanal shuningdek, vaziyatni Kiyev rejimi uchun “jiddiy inqiroz” deb ta’rifladi. “Endi Andrey Yermakning iste’fosi Zelenskiy …
17:35 / 29.11.2025
1-dekabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?

1-dekabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?

1-dekabrdan O‘zbekistonda bir qator o‘zgarish va yangiliklar kuchga kiradi.
08:39 / 01.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!