“O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlari ishtirokida so‘ngi bir oyda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 289 ta holat aniqlandi.
Unga ko‘ra, 26,1 mln kVt/soat elektr energiyasi (50,4 mlrd so‘m) va 27,2 mln metr kub tabiiy gaz (82,3 mlrd so‘m) talon-toroj qilinishi natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra jami 132 milliard 752 million so‘m zarar qayta hisob-kitob qilindi.
Shuningdek, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 518 ta ma’muriy ish rasmiylashtirildi.
Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!