Shavkat Mirziyoyev 12-mart kuni tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish, ularni eksportga jalb etish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, sohada faoliyat yurituvchi agentlik va fondlar o‘rniga Savdoni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etiladi. Bu mahalliy mahsulotlarning xalqaro talablarga mos kelishini ta’minlash, eksportchilarning yangi bozorlarga chiqishiga ko‘maklashish va milliy brendlarni xorijda ommalashtirish uchun xorijdan malakali dizaynerlar, texnologlar va marketologlarni jalb qiladi. Subsidiyalar, kompensatsiyalar va boshqa turdagi qo‘llab-quvvatlashlar ushbu kompaniya tomonidan tadbirkorlarning barqarorlik reytingi asosida amalga oshiriladi.
Savdo-sanoat palatasi va “O‘zbekspertiza” aksiyadorlik jamiyati o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik mustahkamlanadi. Har bir tumanda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha loyiha ofislari ish boshlaydi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!