Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda fransuz tili o‘qituvchilarini Fransiyaning nufuzli oliygohlariga stajirovkaga yuborish yuzasidan yangi loyihaga start berildi. Bu hakda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ayni paytda butun Respublika bo‘ylab ushbu loyihaning birinchi bosqichi bo‘lib o‘tgan.
“Bunda barcha hududlardan fransuz tili ustozlari “Ev@lang” platformasi orqali pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlarida test topshirishdi. Test natijalariga ko‘ra, tanlab olingan o‘qituvchilar fransiyalik tajribali mutaxassislar tomonidan 30 soatlik offlayn shaklda hamda 15 soatlik onlayn shaklda malaka oshirish kurslarida o‘qitiladi”, – deyiladi xabarda.
Ma’lumot o‘rnida: ushbu loyiha 4 bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori natijalarni qayd etgan fransuz tili ustozlari 2024-yilning yakuniga qadar Fransiyaning nufuzli oliygohlariga yuboriladi.
Mazkur loyiha bo‘yicha joriy yilda 200 nafar ustozni qamrab olish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!