“O‘zgidromet” agentligi 23–29-fevral kunlari O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfini e’lon qildi.
Kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli ko‘chki respublikaning tog‘li, jumladan, quyidagi hududlarida kuzatiladi:
· Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlari;
· Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlari;
· Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlari;
· Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlari;
· Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
· Namangan viloyati: Pop tumani.
Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raldi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!