O‘zgidromet xabariga ko‘ra, 17–22-dekabr kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning qator tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi yuzaga kelishi mumkin. Ular quyidagi hududlar:
Qashqadaryo viloyati — Dehqonobod, Kitob, Qamashi va Shahrisabz tumanlarida;
Surxondaryo viloyati — Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo va Uzun tumanlarida;
Samarqand viloyati — Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand va Urgut tumanlarida;
Jizzax viloyati — Baxmal va Zomin tumanlarida;
Toshkent viloyati — Bo‘stonliq, Parkent va Ohangaron tumanlarida (Chotqol tizmasi tog‘lari);
Namangan viloyati — Pop tumanida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!