“O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari ko‘magida Eron hududida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan hamyurtimiz vatanga qaytarildi”, – deb xabar bermoqda “Dunyo” agentligi.
O‘zbekiston fuqarosi hujjatlar bilan bog‘liq muammo va og‘ir moliyaviy ahvol tufayli diplomatik vakolatxonaga murojaat qilgan. Shundan so‘ng, elchixona xodimlari zudlik bilan uning qaytarilishini tashkil etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rgan.
Eron rasmiylari bilan hamkorlikda xorijga chiqish vizasi rasmiylashtiriladi. Eronning “Zagros Air” aviakompaniyasi bilan muzokaralar o‘tkazilib, natijasi bo‘yicha Tehron–Toshkent to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysi uchun aviachipta imtiyozli shartlarda sotib olingan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!