Kecha, 16-yanvar kuni Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘li Adam Qodirovning korteji Grozniy shahrida yo‘l-transport hodisasiga uchragani haqida xabar berilgandi. Avtohalokatdan so‘ng Qodirovning o‘g‘li Rossiyaning Moskva shahridagi shifoxonaga olib ketildi. Bu haqda Fortanga nashri xabar bermoqda.
Nashr 16-yanvar kuni kechqurun Grozniydan uchib ketgan Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining An-148-100EM samolyotiga e’tibor qaratgan. Samolyot haqida ma’lumot “Flightradar24”da paydo bo‘lgan. An-148-100EM bemorlarni tashish uchun ishlatiladi.
Ma’lum qilinishicha, Grozniy markazidagi sodir bo‘lgani taxmin qilinayotgan avtohalokat joyida yo‘llar berkitilgan va Adam Qodirov dastlab olib ketilgan respublika shifoxonasi yaqinida katta tirbandlik yuzaga kelgan.
Shu bilan birga, 16-yanvar kuni kechqurun Ramzan Qodirovning shaxsiy Airbus samolyoti Checheniston poytaxtidan Moskvaga yo‘l olgan. “Flightradar24” ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot yarim tunda Grozniydan uchib ketgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!