AQSh prezidenti Donald Tramp Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida qilgan nutqi bo‘yicha ijobiy fikrlar olganini aytdi. O‘sha nutqida u Grenlandiya ustidan nazorat o‘rnatish zarurligini ta’kidlagandi.
“Yaxshi nutq bo‘ldi. Biz juda yaxshi fikrlar oldik. Bunga ishonolmayapman. Biz ijobiy fikrlar oldik, holbuki odatda bunday nutqdan keyin “u dahshatli diktator” deyishardi. Men diktatorman. Ammo ba’zan diktator kerak.
Lekin bu safar ular bunday deyishmadi. Endi bu sog‘lom mantiq deb qabul qilinmoqda. Hammasi sog‘lom mantiqqa asoslangan”, — deydi Qo‘shma Shtatlar prezidenti jurnalistlar bilan muloqotda.
Bundan bir yil oldin, Tramp prezidentlik lavozimidagi ilk kunida, 2025-yil 21-yanvarda, o‘zini diktator deb hisoblamasligini ma’lum qilgandi.
O‘shanda Tramp “Meni shunday atashlarini hatto tasavvur ham qila olmayman”, — degandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!