$
12287.31 UZS
-22.68
158.83 UZS
-0.81
14644.02 UZS
-22.1
31° Kechasi 18°

Amerika investitsiya jamg‘armasi Rossiyadan imperiya qarzlari uchun 225 milliard dollar talab qildi

16:45 / 18.01.2026

AQShning Noble Capital RSD investitsiya fondi Moskvadan Rossiya imperiyasining qarz majburiyatlari bo‘yicha 225 milliard dollar to‘lashni talab qildi. Shu bilan bog‘liq da’vo Rossiya Federatsiyasiga, Rossiya Moliya vazirligiga, Markaziy bankka va Milliy farovonlik jamg‘armasiga nisbatan Kolumbiya okrugi federal sudiga topshirilgan.

Da’vo arizasida keltirilishicha, “Rossiya Federatsiyasi hokimiyat merosxo‘rlik doktrinasini buzib, o‘zining oldingi davr vakili – Rossiya imperiyasining oldindan olgan davlat qarz majburiyatlarini bajarishdan bosh tortdi va hozir ham bosh tortishda davom etmoqda”.

Noble Capital RSD o‘zini 1916-yilda chiqarilgan va Nyu Yorkdagi National City Bank (hozirgi Citibank) orqali tarqatilgan 25 million dollarlik 5,5 foizli Rossiya imperiyasi obligatsiyalarining qonuniy egasi deb hisoblaydi. Da’vogarning fikricha, Rossiya Sovet Ittifoqi merosxo‘ri sifatida ushbu qarzlarni meros qilib olgan va foizlar bilan birga ular kamida 225,8 milliard dollarni tashkil etadi. Ushbu summa Rossiya yillik byudjetining 43 foiziga teng (40,2 trillion rubl) va “Sberbank“, “Gazprom” va “Rosneft” kompaniyalarining bozor qiymatidan oshadi. Fond qarzni 2022-yilda muzlatilgan Rossiya aktivlari hisobidan to‘lashni taklif qilmoqda. Shu bilan birga, AQShda Rossiya Markaziy bankining taxminan 5 milliard dollari bloklangan, qolgan mablag‘lar esa Yevropa mamlakatlarida saqlanmoqda.

Rossiya Moliya vazirligi AQShdagi da’vo masalasi “Bosh prokuratura vakolatida” ekanini bildirgan. Davlat Dumasining fuqarolik jamiyati rivoji qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Sergey Obuxovning aytishicha, imperiya qarzlari “muddati o‘tganligi sababli, shuningdek, Rossiya imperiyaning merosxo‘ri emasligi sababli tan olinmasligi lozim”.

Yuristlarga ko‘ra, ilgari qarzni tan olish ham sud qarorini ijro etishga imkon bermagan, lekin sanksiyalar siyosati ta’minot choralarini qo‘llash va aktivlarni boshqarish imkoniyatini yaratgan. Shu bilan birga, da’voda aytilishicha, bu xususiylashtirish yoki musodara haqida emas, balki qarzni hisobga olish orqali majburiyatni bajarish shakli haqida.



														
														Yevroparlament Ukrainaga 90 mlrd yevro kredit ajratishni tasdiqladi

Yevroparlament Ukrainaga 90 mlrd yevro kredit ajratishni tasdiqladi

Ushbu ajratiladigan kreditning 60 milliard yevrosi harbiy ehtiyojlarga, qolgan 30 milliardi esa davlat byudjetini qo‘llab-qu…
14:00 / 12.02.2026

														
														Rossiyada isiriq uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi

Rossiyada isiriq uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi

Endi Rossiya Federatsiyasi hududida isiriqni import qilish, saqlash, tarqatish, sotish yoki boshqa maqsadlarda ishlatish qon…
11:36 / 11.02.2026

														
														Ishdan olingan Qamchibek Tashiyev nimadan afsusda?

Ishdan olingan Qamchibek Tashiyev nimadan afsusda?

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi sobiq rahbari Qamchibek Tashiyev lavozimidan ozod etilgani uning uchun kutil…
10:55 / 11.02.2026

														
														Somalida bortida 55 kishi bo‘lgan samolyot sohilga favqulodda qo‘ndi

Somalida bortida 55 kishi bo‘lgan samolyot sohilga favqulodda qo‘ndi

Xabar qilinishicha, yo‘lovchi samolyoti havoga ko‘tarilganidan bir necha daqiqa o‘tib texnik nosozlikka uchragan va Hind oke…
09:31 / 11.02.2026

														
														Rossiyada daromadi yashash minimumidan past migrantlarga patent berilmaydi

Rossiyada daromadi yashash minimumidan past migrantlarga patent berilmaydi

Rossiya hukumatning qonun loyihalari bo‘yicha komissiyasi 9-fevral kuni Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan chora-ta…
09:00 / 11.02.2026

														
														“Umid qilamizki, Eron o‘zini yomon tutmaydi”, – Tramp

“Umid qilamizki, Eron o‘zini yomon tutmaydi”, – Tramp

AQSh prezidenti Tehron bilan muzokaralar olib borilayotganini aytdi. “Biz Eron bilan muzokaralar olib bormoqdamiz va umid qi…
17:40 / 10.02.2026

														
														Ramzan Qodirov o‘g‘lining avtohalokatga uchragani haqidagi xabarlarni rad etdi

Ramzan Qodirov o‘g‘lining avtohalokatga uchragani haqidagi xabarlarni rad etdi

Shuningdek, Qodirov Chechenistonda kiberjinoyatlarga, jumladan soxta axborotlar tarqatilishiga qarshi kurash choralarini kuc…
14:41 / 10.02.2026

														
														Afg‘onistonda ayollar huquqlarini cheklovchi yangi Jinoyat kodeksi qabul qilindi

Afg‘onistonda ayollar huquqlarini cheklovchi yangi Jinoyat kodeksi qabul qilindi

Unga ko‘ra, er xotinini kuch bilan kaltaklab, suyak sinishlari, jarohatlar yoki ko‘karishlar yetkazgan taqdirda ham, ayol bu…
12:29 / 10.02.2026

														
														Namoyishchilar afv dasturiga kiritilmaydi – Eron Oliy sudyasi

Namoyishchilar afv dasturiga kiritilmaydi – Eron Oliy sudyasi

Xabar berilishicha, Eron sud hokimiyati rahbari norozilik namoyishlari chog‘ida ushlanganlar 1979 yilgi Islom inqilobi yilli…
13:06 / 09.02.2026

Bu ham qiziq

Demokrat.uz rahbari va blogerga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Demokrat.uz rahbari va blogerga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

“Demokrat.uz internet nashri rahbari Fazlidinxon Mehmonov va bloger Aziz G‘oipnazarovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”,…
09:36 / 12.02.2026
Shvetsiyadan 21 nafar o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

Shvetsiyadan 21 nafar o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

“11-fevralga o‘tar kechasi bortida yurtdoshlarimiz bo‘lgan charter reys Toshkent xalqaro aeroportiga yetib keldi”, deb xabar…
17:41 / 12.02.2026
Sirdaryoda 600 ming dollar evaziga yer olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Sirdaryoda 600 ming dollar evaziga yer olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
08:29 / 11.02.2026
O‘zbekistonda 1-iyuldan “kvartplata” o‘z vaqtida to‘lanmasa, elektr to‘lovi qabul qilinmaydi

O‘zbekistonda 1-iyuldan “kvartplata” o‘z vaqtida to‘lanmasa, elektr to‘lovi qabul qilinmaydi

Hujjatda belgilanishicha, ko‘p kvartirali uyning bank hisobvarag‘ida jamlangan mablag‘lar har oy birinchi navbatda umumiy uy…
15:18 / 12.02.2026
Toshkentda narkolaboratoriya tashkil qilgan talabalar ushlandi

Toshkentda narkolaboratoriya tashkil qilgan talabalar ushlandi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida 18 yoshli qiz va 22 yoshli yigit uyini narkolaboratoriya aylantirganligi aniqlan…
13:03 / 11.02.2026
Farg‘onada 34 kishidan iborat uyushgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

Farg‘onada 34 kishidan iborat uyushgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

Farg‘ona shahrida yashovchi 40 yoshli fuqaro rahbarlik qilgan, jami 34 kishidan iborat jinoiy guruh Farg‘ona va Toshkent sha…
09:18 / 12.02.2026
Andijondagi ko‘p qavatli uyda gaz portlab, ikki kishi jarohat oldi

Andijondagi ko‘p qavatli uyda gaz portlab, ikki kishi jarohat oldi

Andijon shahridagi ko‘p qavatli uyda kecha, 11-fevral kuni gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘ldi. Bu haqda FVB axborot…
10:23 / 12.02.2026
Endi haydovchilarning dam olish rejimini buzganlik uchun jarima qo‘llanadi

Endi haydovchilarning dam olish rejimini buzganlik uchun jarima qo‘llanadi

Shavkat Mirziyoyev tomonidan 11-fevral kuni imzolangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qator o‘zgart…
15:51 / 12.02.2026
O‘zbekistonda chiqindidan qarzdor qariyb 199 ming abonentning “svet”ga to‘lov qilishi cheklandi

O‘zbekistonda chiqindidan qarzdor qariyb 199 ming abonentning “svet”ga to‘lov qilishi cheklandi

O‘zbekistonda chiqindi xizmatidan qarzdor 198 ming 858 ta abonentning elektr to‘loviga vaqtincha cheklov o‘rnatildi. Bu haqd…
12:40 / 12.02.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!