$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
27° Kechasi 17°

Ozodbek Nazarbekov Dohadagi Xalqaro kitob ko‘rgazmasida qatnashdi

14:16 / 17.06.2023

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov Qatar davlati madaniyat vaziri Abdurrahmon bin Hamad bin Jassim bin Hamad Ol Soniy taklifiga ko‘ra, ushbu mamlakatda xizmat safarida bo‘ldi.

Tashrif rejasiga ko‘ra, O.Nazarbekov Dohada o‘tkazilgan Xalqaro kitob ko‘rgazmasida qatnashdi va mazkur ko‘rgazma direktori Jassim Ahmad Al-Buaynayn bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida bu yilgi Xalqaro kitob ko‘rgazmasida 37 davlatdan 500 dan ortiq yetakchi nashriyotlar va tashkilotlar ishtirok etgani barobarida ushbu ko‘rgazma arab mamlakatlaridagi eng yirik ma’rifiy ko‘rgazmaga aylangani ta’kidlandi.

E’tiborlisi, ko‘rgazma an’anaviy noshirlikning rivojlanishi bilan birga aholining barcha qatlamlari, shu jumladan, yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish bo‘yicha eng ilg‘or g‘oyalarni o‘zida jamlagan. Ko‘rgazmada barcha vazirlik va idoralar tomonidan o‘zlari mas’ul sohalar bo‘yicha chop etilgan maxsus nashrlar, kitoblar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ensiklopediyalar taqdim etilgan.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston 2024-yilgi Doha Xalqaro kitob ko‘rgazmasining "Faxriy mehmoni" sifatida mazkur yirik xalqaro tadbirda ishtirok etishiga kelishildi. Bu esa mamlakatimizdagi ma’rifiy yangilanishlarning amaliy natijasini keng namoyish etish, nashriyotlarimiz va xorijiy hamkorlar o‘rtasida yangi loyihalarni amalga oshirish, eng sara adabiy asarlarimizni arab dunyosida targ‘iboti uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Shuningdek, ko‘rgazmada bir qator yetakchi nashriyot uylari va hamkorlar bilan kelgusidagi rejalar muhokama etildi. Jumladan, Saudiya Arabistoni Adabiyot, nashriyot va tarjima komissiyasi bosh menejeri Hayla Al-Halaf xonim bilan o‘zbek shoir va adiblarining eng sara asarlarini arab tiliga tarjima etish bo‘yicha fikr almashdilar.

Safar doirasida O.Nazarbekovning Qatar davlati madaniyat vaziri Abdurrahmon bin Hamad bin Jassim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashuvi ham g‘oyat samarali kechdi. Unda O‘zbekiston bilan madaniy-ma’rifiy aloqalar mutlaqo yangi bosqichga, misli ko‘rilmagan qamrovga ega bo‘layotgani alohida ta’kidlandi. Bunda ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi ishonchli va yaqin munosabatlar muhim asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘z navbatida, madaniy sohalardagi hamkorlik memorandumining amaliy ijrosini ta’minlash maqsadida qator loyihalar muhokama etildi. Jumladan, 2024-yil Qatar davlatida O‘zbekiston madaniyati kunlarini, O‘zbekistonda Qatar madaniyati kunlarini tashkil etish belgilandi. Bunda san’atkor va ijodiy jamoalarning qo‘shma loyihalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Uchrashuv davomida muhokama qilingan bir qator loyiha va takliflar asosida 2023 -2024-yillarda hamkorlik dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishga kelishildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.


Bu ham qiziq

Samarqandda portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Samarqandda portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

2025-yil 7-may kuni soat taxminan 15:06 larda Kattaqo‘rg‘on tumani, “Qushtepa” MFYda joylashgan AYOQShda portlash yuz berdi.…
18:25 / 08.05.2025
Zamonaviy bolalik: ortiqcha vazn epidemiyasi va uning ildizlari

Zamonaviy bolalik: ortiqcha vazn epidemiyasi va uning ildizlari

So‘nggi o‘n yillikda texnologiya, ovqatlanish madaniyati va turmush tarzi keskin o‘zgardi. Afsuski, bu o‘zgarishlar faqat qu…
17:21 / 07.05.2025
Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlari vaqtincha elektr ta’minotidan uzildi

Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlari vaqtincha elektr ta’minotidan uzildi

8-may kuni Mirzo Ulug‘bek tumani: “Amir Temur”, “Temuriylar” hamda “Alisherobod” MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 da…
14:15 / 08.05.2025
Andijonda Farg‘ona kanali qirg‘oqlari shikastlanishi natijasida xonadonlarni suv bosdi

Andijonda Farg‘ona kanali qirg‘oqlari shikastlanishi natijasida xonadonlarni suv bosdi

Ayni paytda viloyat Norin Qoradaryo Irrigatsiya tizimlari boshqarmasi tomonidan suv butkul to‘xtatilgan.
13:06 / 08.05.2025
Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni  g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni  g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi

Putin, shuningdek, Ozarbayjon, Armaniston rahbarlari, Gruziya va Moldova xalqlarini g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi.
21:08 / 08.05.2025
9-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

9-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
21:16 / 08.05.2025
O‘zbekistonning 8 ta hududida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin

O‘zbekistonning 8 ta hududida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin

Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning  8-11 may kunlari kutilayotgan yomg‘…
18:52 / 07.05.2025
O‘zbekiston Hindiston va Pokistonni vazminlikka va diplomatik muloqotga chaqirdi

O‘zbekiston Hindiston va Pokistonni vazminlikka va diplomatik muloqotga chaqirdi

"O‘zbekiston vaziyatni deeskalatsiya qilish va tinch yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan har qanday xalqaro yoki mintaqaviy h…
08:31 / 08.05.2025
Tashkent Tech nomli yangi texnika universiteti tashkil etiladi

Tashkent Tech nomli yangi texnika universiteti tashkil etiladi

Prezident topshirig‘iga binoan amalga oshirilayotgan loyiha yoshlar o‘rtasida texnika ta’limi nufuzini oshirishga qaratilgan.
11:08 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi

Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston rahbari Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan tantanali ta…
18:22 / 07.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!