$
12935.27 UZS
39.72
160.47 UZS
1.09
14367.20 UZS
28.64
36° Kechasi 22°

Paxta-g‘allaga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari ishchilari daromad solig‘idan ozod etiladi

11:51 / 24.02.2023

Joriy yil 23-fevral kuni “Qishloq xo‘jaligida aholi bandligini oshirish va yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Mazkur hujjatga asosan, 2023-yil 1-apreldan 2024-yil 1-maygacha eksperiment tariqasida respublika byudjetidan paxta yoki g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga ular ishchilarining mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini quyidagi shartlarga rioya qilinganda qaytarib berish tartibi joriy etiladi:

– qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan har bir gektar yer uchun oyiga kamida 1 nafar ishchining bandligi ta’minlanganda;

– har bir nafar ishchi uchun oyiga mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromad mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanganda;

– paxta yoki g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi o‘tgan yil yakuni bo‘yicha Soliq kodeksi talablariga javob berganda.

Shuningdek, 2023-yil 1-apreldan tadbirkorlar yangi qurilgan ko‘p qavatli ishlab chiqarish binolari, shu jumladan 2023-yil 1-yanvardan keyin foydalanishga topshirilgan binolar yuzasidan ularning mol-mulkiga hisoblangan summani quyidagi pasaytiruvchi koeffisiyentni qo‘llagan holda, bino foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘laydi:

3 qavatli binoga – 0,9;
4 qavatli binoga – 0,8;
5 qavatli binoga – 0,7;
6 qavatli binoga – 0,6;
7 va undan yuqori qavatli binoga – 0,5.


Bu ham qiziq

“Onlayn platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

“Onlayn platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

Internet va ijtimoiy tarmoqlar fuqarolarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini tezkor qondirish, jamiyatdagi dolzarb muammolarni …
12:25 / 12.05.2025
Noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazi…
21:37 / 12.05.2025
Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarildi

Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiya Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamrohligida, ota-ona qaramog‘isiz qolgan, voyaga yetmagan O‘zbekiston Respublikasi…
12:28 / 13.05.2025
Onlayn platformalar va veb-saytlarda qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Onlayn platformalar va veb-saytlarda qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Onlayn platformalar va veb-saytlar faoliyatiga qo‘yilgan talablarga rioya etmaganlik uchun qanday choralar ko‘zda tutilgan?
14:19 / 13.05.2025
Raqamli dunyoda huquqlarni himoya qilish: yangi qonun loyihasi onlayn platformalarga qanday majburiyatlar yuklaydi

Raqamli dunyoda huquqlarni himoya qilish: yangi qonun loyihasi onlayn platformalarga qanday majburiyatlar yuklaydi

Biz har kuni aksariyat vaqtimizni ijtimoiy tarmoqlarga bag‘ishlaymiz: kayfiyatimizni ko‘tarish, yangiliklarni bilish yoki do…
15:14 / 12.05.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

Farmonga ko‘ra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim olish uchun eng munosib nomzodlarni sar…
10:27 / 13.05.2025
AQSh Saudiya Arabistoni bilan 600 mlrd dollarlik kelishuvlarga erishdi

AQSh Saudiya Arabistoni bilan 600 mlrd dollarlik kelishuvlarga erishdi

“Qo‘shma Shtatlar va Saudiya Arabistoni bir qator bitimlarni imzoladi, unga ko‘ra Ar-Riyod Amerika kompaniyalari va iqtisodi…
08:27 / 14.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakilini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakilini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-may kuni Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakil…
19:41 / 13.05.2025
Mubashshir Ahmad hibsga olindi

Mubashshir Ahmad hibsga olindi

Bu haqda o‘zining telegram sahifasida ma’lum qilindi.
14:34 / 12.05.2025
13-may kuni ob-havo harorati bugungidanda issiqroq bo‘ladi

13-may kuni ob-havo harorati bugungidanda issiqroq bo‘ladi

“O‘zgidromet” 13-may, seshanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
12:07 / 12.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!