$
12937.93 UZS
45.02
161.10 UZS
0.76
14665.14 UZS
152.88
37° Kechasi 22°

“Paxtakor” yangi bosh murabbiyi: “Oʻzbek futboli haqida koʻp maʼlumotlarni oʻrgandim. Biz yuz foiz hujumkor futbol koʻrsatamiz, vaʼda beraman”

13:03 / 13.01.2022

Bugun, 13-yanvar kuni “Paxtakor” klubining yangi bosh murabbiyi Slavche Voyneski bilan matbuot anjumani oʻtkazildi.

“Shimoliy Makedoniyalik murabbiy oʻzbekistonlik OAV vakillari bilan dastlabki matbuot anjumanida Toshkent klubidan qachon taklif tushgani, klubdagi maqsad va rejalari, tarkib va oʻzbek futboli haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

-“Paxtakor”dek jamoaga kelganimdan xursandman. “Paxtakor” nafaqat sovrinlar, balki har taraflama Oʻzbekistondagi eng katta klub. Murabbiy uchun bunday klubda ishlash juda katta masʼuliyat. Biz Superliga, Oʻzbekiston Kubogi va Superkubokda zafar quchish qolaversa, Chempionlar Ligasida ham yaxshi ishtirok etishga intilamiz.

-Shogirdim Stevisa Ristich oʻz paytida “Bunyodkor”da oʻynaganini bilaman. Soʻnggi olti oyda oʻzbek futboli haqida koʻp maʼlumotlarni oʻrgandim. Biz hujumkor futbol koʻrsatishga urinamiz. Yuz foiz. Biz doim hujum qilishimiz lozim. Bunga vaʼda beraman.

-Mashgʻulotlarda futbolchilar juda yaxshi ishlashmoqda. Sakkiz nafar oʻyinchi milliy terma jamoa tarkibiga joʻnab ketgan. Yoshlar bor kuchlari bilan mehnat qilishmoqda. Rasmiy oʻyinlar futbolchilarning haqiqiy darajasini koʻrsatib beradi. Shunda aniq xulosalarga kelish mumkin.

-Butun dunyoda koronavirus bilan bogʻliq paytda klublar rahbariyatiga oson emas. Bunday holatga moslashish kerak. Biz futbolchilar qidirish ishlarini davom ettiryapmiz. Mavsum boshlanguncha 1-2 nafar yaxshi oʻyinchilar paydo boʻlishi mumkin. Lekin jamoadagi yigitlar bilan ham oʻzimiz xohlagandek oʻynashimiz mumkin. Har bir futbolchi haqida yetarlicha taassurotga ega boʻlishim bilan aniq bir qarorga kelaman.

-Maqsadimiz — chiroyli futbol koʻrsatish, chempion jamoani chempion sifatida saqlab qolish. “Paxtakor”ning qanday klub ekanini bilaman va bu yerga kelishda qanday bosimni boʻynimga olganimni bilaman.

-Olti oy avval menejerim “Paxtakor”da murabbiy oʻzgarishi mumkinligini aytishdi. Dekabrda esa janob Piter qolishini aytishdi. Keyin esa birdan “Paxtakor”dan qoʻngʻiroq boʻldi va ishga taklif etishdi. 4 daqiqadan soʻng esa Turkiya klubidan qoʻngʻiroq va taklif boʻldi.

-Lekin men “Paxtakor”ga rozilik bildirib boʻlganim sababli keyingi taklifni rad etdim. Vaʼda berdimmi, buni bajaraman. Faoliyatimizda eng muhimi ishning oʻzi. Moliyaviy masalalar yoki boshqa narsalar asosiy emas. Ish va jarayon — eng muhim. “Paxtakor”ga yangilik bera olaman deb hisoblayman. Hujumkor oʻyin namoyish etamiz dedimmi, buni amalga oshiramiz.

-Ikki nafar assistent murabbiy menga “Paxtakor”da yordam beradi. Shimoliy Makedoniya va Turkiyadan yordamchilarim bu yerda ish boshlashadi” – deya Slavche Voyneskining soʻzlarini keltiradi Toshkent klubi matbuot xizmati.



														
														Nodirbek Abdusattorov kibersport bo‘yicha Jahon kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Nodirbek Abdusattorov kibersport bo‘yicha Jahon kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Chess.com platformasida onlayn klassik shaxmat bo‘yicha Champions Chess Tour xalqaro musobaqasi start oldi.
14:58 / 21.05.2025

														
														Nodirbek Abdusattorov mukofot jamg‘armasi 350 ming dollarlik musobaqada qatnashadi

Nodirbek Abdusattorov mukofot jamg‘armasi 350 ming dollarlik musobaqada qatnashadi

7-16-may kunlari Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida klassik shaxmat bo‘yicha nufuzli turnir bo‘lib o‘tadi.
12:49 / 06.05.2025

														
														Dushanbe Grand Slam. O‘zbekiston terma jamoasi turnirni 5 ta medal bilan yakunladi

Dushanbe Grand Slam. O‘zbekiston terma jamoasi turnirni 5 ta medal bilan yakunladi

Bugun Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri mezbonlik qilgan “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnir o‘z yakuniga yetdi.
20:22 / 04.05.2025

														
														Hasanboy Do‘stmatov Rossiyadagi turnirda ukasiga qarshi jang qilishdan bosh tortib, musobaqa bilan xayrlashdi

Hasanboy Do‘stmatov Rossiyadagi turnirda ukasiga qarshi jang qilishdan bosh tortib, musobaqa bilan xayrlashdi

Rossiyaning Xabarovsk shahrida “Konstantin Korotkov” xalqaro xotira turniri bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu musobaqada O‘zbekiston te…
21:54 / 16.04.2025

														
														O‘zbekiston Eronni 20:0 hisobida mag‘lub etdi

O‘zbekiston Eronni 20:0 hisobida mag‘lub etdi

O‘zbekiston xokkey terma jamoasi Eron ustidan 20:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempion…
21:28 / 16.04.2025

														
														Surxondaryoda yangi futbol stadioni foydalanishga topshirildi

Surxondaryoda yangi futbol stadioni foydalanishga topshirildi

“Surxon Arena” stadioni keng ko‘lamli modernizatsiyadan so‘ng qayta ochildi.
16:54 / 11.04.2025

														
														Badiiy gimnastika. Taxmina Ikromova Jahon kubogida to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi

Badiiy gimnastika. Taxmina Ikromova Jahon kubogida to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi

4–6-aprel kunlari Bolgariyaning Sofiya shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
15:31 / 07.04.2025

														
														Freestyle Chess Grand Slam Paris. Abdusattorov 200 ming dollarlik bosh sovrin uchun dona suradi

Freestyle Chess Grand Slam Paris. Abdusattorov 200 ming dollarlik bosh sovrin uchun dona suradi

8-15 aprel kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli Freestyle Chess Grand Slam Paris turniri tashki…
16:29 / 06.04.2025

														
														2036-yilgi Olimpiada mezbonligiga qaysi davlatlar da’vogarlik qilmoqda?

2036-yilgi Olimpiada mezbonligiga qaysi davlatlar da’vogarlik qilmoqda?

Bundan tashqari Janubiy Koreya, Qatar, Germaniya, Meksika va Vengriya ham eng yirik sport anjumani mezbonligi uchun kurashmo…
09:32 / 30.03.2025

														
														O‘zbekistonlik kurashchi Gruziyadagi musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik kurashchi Gruziyadagi musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritdi

Sportchi 90 kg vazn toifasida ishtirok etdi. Musobaqa finalida Bozorov Fransiya vakili Aleksis Metyuni mag‘lub etdi.
21:15 / 24.03.2025

Bu ham qiziq

Jahon banki irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish uchun O‘zbekistonga 200 million kredit ajratadi

Jahon banki irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish uchun O‘zbekistonga 200 million kredit ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonga irrigatsiya va drenaj infratuzilmasini modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirish uchun imti…
20:36 / 21.05.2025
Qozog‘istondan ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi

Qozog‘istondan ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi

2025-yil 7-aprel kuni voyaga yetmagan bola oila a’zolariga moddiy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida o‘qishni tashlab, amakisi hamr…
15:31 / 21.05.2025
Nodirbek Abdusattorov kibersport bo‘yicha Jahon kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Nodirbek Abdusattorov kibersport bo‘yicha Jahon kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Chess.com platformasida onlayn klassik shaxmat bo‘yicha Champions Chess Tour xalqaro musobaqasi start oldi.
14:58 / 21.05.2025
O‘zbekistonda modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi

O‘zbekistonda modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi

Farmonga ko‘ra respublika miqyosida yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan sport musobaqalari g‘oliblari qo‘shimcha ravishda “O‘zb…
14:17 / 20.05.2025
Qashqadaryoda 3 nafar advokat pora bilan ushlandi

Qashqadaryoda 3 nafar advokat pora bilan ushlandi

Qashqadaryoda DXX va Bosh prokuratura Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilga…
09:36 / 21.05.2025
O‘zbekistonda tug‘ilish darajasi pasayganligi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda tug‘ilish darajasi pasayganligi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda joriy yilning birinchi choragida 266 478 nafar chaqaloq tug‘ilishi qayd etildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga …
20:52 / 21.05.2025
Endi yoshga doir pensiya fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi

Endi yoshga doir pensiya fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi

Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
16:19 / 20.05.2025
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida yangi yuk tashish yo‘nalishi ochiladi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida yangi yuk tashish yo‘nalishi ochiladi

“O‘ztemiryo‘lKonteyner” aksiyadorlik jamiyati Xitoydan O‘zbekistonga tovarlar yetkazib berish bo‘yicha yangi yo‘nalishni ish…
20:44 / 21.05.2025
O‘zbekistonda odam savdosi uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda

O‘zbekistonda odam savdosi uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda

Qonun bilan Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish kiritildi.
14:39 / 20.05.2025
“Rossiya urushni davom ettirish uchun vaqtni cho‘zmoqda” – Zelenskiy

“Rossiya urushni davom ettirish uchun vaqtni cho‘zmoqda” – Zelenskiy

Uning ta’kidlashicha, Kiyev Moskvaga bosim o‘tkazish va uni “o‘z xatti-harakatini o‘zgartirish”ga majburlash uchun hamkorlar…
10:18 / 21.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!