$
11783.47 UZS
-14.45
139.70 UZS
1.7
13688.86 UZS
-51
31° Kechasi 18°

Pensionerlarni endi ishdan bo‘shatib bo‘lmaydimi?

15:37 / 11.04.2022

Prezidentning 2022-yil 15-martdagi "Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori eʼlon qilingach, ko‘pchilikda pensionerlar bilan mehnat shartnomasini endi bekor qilib bo‘lmaydi degan noto‘g‘ri tasavvur paydo bo‘ldi.

Aslida, yuqoridagi Prezident qarorida Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining xodimning pensiya yoshiga to‘lganligi munosabati bilan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish tartibini taqiqlash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda xodimning pensiya yoshiga to‘lganligi munosabati bilan ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishni taqiqlash bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqishi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilandi.

Demak, qonun loyihasi ishlab chiqilib, qonun kuchga kirgunga qadar xodimning pensiya yoshiga to‘lganligi, qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi mavjud bo‘lganda, ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining (keyingi o‘rinlarda - MK) 100-moddasi 2-qismi 7-bandiga muvofiq bekor qilinishiga yo‘l qo‘yiladi.

Pensioner bilan mehnat shartnomasini MK 100-modda ikkinchi qismining 7-bandi bilan bekor qilishda quyidagilarga eʼtibor qaratish zarur.

Xodimni qancha oldin ogohlantirish zarur?

Ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilish niyati haqida xodimning pensiya yoshiga to‘lganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda kamida 2 oy oldin yozma ravishda ogohlantirishi zarur hamda xodimga boshqa ish qidirish uchun haftada kamida bir kun shu vaqt uchun ish haqi saqlangan holda ishga chiqmaslik huquqi beriladi.

Pensioner ogohlantirish davrida kasal yoki taʼtilda bo‘lsachi?

MK 102-moddasi 6-qismiga ko‘ra, xodimni ogohlantirish muddatiga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri, shuningdek uning davlat yoki jamoat vazifalarini bajargan vaqti (133-son Hukumat qarori 5-ilovasiga qarang) qo‘shilmaydi.

Demak, xodimning kasallik davri ogohlantirish muddatiga qo‘shilmaydi. Taʼtil davri esa qo‘shiladi.

Ogohlantirish muddatini pullik kompensatsiyaga almashtirish mumkinmi?

Xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan yaʼni har ikki tomonning roziligi bilan 2 oylik ogohlantirish uning muddatiga muvofiq keladigan pullik kompensatsiya bilan almashtirilishi mumkin.

Ogohlantirish muddati tugamay turib, qonun kuchga kirib qoldi. Unda qanday yo‘l tutiladi?

Yuqoridagi savolda taʼkidlab o‘tganimizdek, ogohlantirish muddatini xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra pullik kompensatsiyaga almashtirish mumkin. Agar xodim kelushuvga rozi bo‘lmasa hamda ogohlantirish muddati davomida qonun kuchga kirib qolsa, u holda pensioner bilan mehnat shartnomasini MK 100-modda 2-qism 7-bandi bilan bekor qilib bo‘lmaydi.

Xodim 60 yoshga to‘lgan, lekin ish staji 15 yil, ushbu xodimni MK 100-modda 2-qism 7-bandi bilan bo‘shatsa bo‘ladimi?

Yo‘q, bu holatda bo‘shatib bo‘lmaydi. Xodimning pensiya yoshiga to‘lganligi, qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir pensiyasini olish huquqi mavjudligiga eʼtibor qaratish lozim.

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga binoan, yoshga doir pensiya olish huquqiga: erkaklar – 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda; ayollar – 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar.

Diqqat! Prezidentning 2019-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yana-da kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra ayollarning pensiya yoshiga to‘lganligi yoki qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi vujudga kelganligi sababli ular bilan tuzilgan nomuayyan muddatli mehnat shartnomasini 60 yoshga to‘lgunga qadar yoki muddatli mehnat shartnomasini muddati tugagunga qadar ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish taqiqlangan. MK 100-moddasi 2-qism 7-bandiga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmagan. Mehnat kodeksi Prezident qaroridan ustun tursada, sud ishlarida ish beruvchilar yutqazmoqda. Shuning uchun, ayol xodimlar  60 yoshga to‘lmagunga qadar ular bilan mehnat shartnomasini MK 100-moddasi 2-qism 7-bandi bilan bekor qilmaslikni tavsiya qilamiz. Agar ayol xodimlar 60 yoshga to‘lgan bo‘lsa, ana unda shartnomani bemalol bekor qilish mumkin.

Pensiya yoshiga to‘lgan xodim bilan mehnat shartnomasini ish beruvchi bekor qilishi shartmi?

Yo‘q, shart emas. Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish ish beruvchining huquqidir yaʼni bu majburiyat emas. Masalan, xodim pensiya yoshiga to‘lgan bo‘lsada, lekin malakasi va mehnat unumdorligi yuqori bo‘lsa, bunday xodimdan unumli foydalanish kerak.

Kasaba uyushmasi qo‘mitasi roziligi olinishi shartmi?

MK 101-moddasiga ko‘ra basharti jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan bo‘lsa, shartnomani bunday rozilikni olmay turib bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Mahalliy mehnat organining ham roziligi olinishi shartmi?

MK 25-moddasiga ko‘ra vakillik organlari tarkibiga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilmagan xodimlarga intizomiy jazo berishga, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga, shuningdek vakillik organlari tarkibiga saylangan xodimlar bilan mehnatga oid munosabatlarni ularning saylab qo‘yiladigan lavozimdagi vakolati tugaganidan keyin ikki yil davomida ish beruvchining tashabbusi bilan mahalliy mehnat organining oldindan roziligini olmay turib bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Demak, pensioner yuqoridagi talablarga tushsa, u bilan mehnat shartnomasi ish beruvchi tashabbusi bilan bekor qilinsa mahalliy mehnat organining ham roziligi olinishi shart. Boshqa holatlarda shart emas.

Shartnoma bekor qilinganda qanday to‘lovlarni amalga oshirish zarur?

Xodimga tegishli ish haqi MK 110-moddasida belgilangan muddatlarda to‘lanadi.

Xodimga MK 151-moddasiga ko‘ra foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qo‘shimcha taʼtillar uchun pullik kompensatsiya to‘lanadi.

MK 109-moddasiga ko‘ra ish beruvchi pensioner xodimga ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lab berishi shart. Ishdan bo‘shatish nafaqasining miqdori o‘rtacha oylik ish haqidan kam bo‘lishi mumkin emas.

Pensiya yoshiga to‘lgan paytida bo‘shatilmagan pensionerni keyinchalik ham bo‘shatsa bo‘ladimi?

Ha, mumkin. Misol uchun, kamida 25 yillik ish stajiga ega bo'lgan erkak xodim 60 yoshida ishdan bo'shatilmagan. Hozir u 65 yoshda. Yuqoridagi shartlar bajarilgan taqdirda, ushbu xodim ishdan bo'shatilishi mumkin.

Qonun kuchga kirsa ham, pensionerlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini umuman bekor qilish mumkin emasmi?

Qonun loyihasi ishlab chiqilib, qonun kuchga kirsa, xodim bilan uning pensiya yoshidan kelib chiqqan holda tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishi mumkin emas. Shartnoma boshqa asoslar bo'yicha, ya'ni Fuqarolik kodeksining 87, 89, 97.1, 97.5, 97.6, 99, 100 (1,2,3,4,5,6-bandlari), 105,106-moddalari asosida bekor qilinishi mumkin. Masalan, pensioner mehnat intizomini buzgan va jinoiy harakatlar sodir etgan taqdirda, mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismining 3 va 4-bandlariga muvofiq bekor qilinishi mumkin.

Karimjonov Muhammadamin,

Toshkent davlat universiteti “Mehnat huquqi” kafedrasi katta o‘qituvchisi


Bu ham qiziq

11-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

11-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab biroz bulutli ob-havo bo‘lib, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
17:21 / 10.09.2026
Eron xorijiy yonilg‘i tashuvchi kemalar uchun 10 foizlik yig‘imni vaqtincha bekor qildi

Eron xorijiy yonilg‘i tashuvchi kemalar uchun 10 foizlik yig‘imni vaqtincha bekor qildi

Eron neft, gaz va suyuq yonilg‘i mahsulotlarini tashuvchi xorijiy kemalardan olinadigan 10 foizlik yig‘imni vaqtincha bekor …
10:48 / 11.09.2026
Xorazm va Jizzaxda giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq uchta holat aniqlandi

Xorazm va Jizzaxda giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq uchta holat aniqlandi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida giyohvandlik vositalarining noqonuniy muo…
12:54 / 11.09.2026
Jizzaxda yo‘lovchi avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

Jizzaxda yo‘lovchi avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida Toshkent–Termiz yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobusi yuk mashinasi…
11:34 / 11.09.2026
Andijonda “Mini texnologiyalar yarmarkasi” o‘tkazildi.

Andijonda “Mini texnologiyalar yarmarkasi” o‘tkazildi.

"Biznesni rivojlantirish banki" ATB Xo‘jaobod tumanida Kichik biznesga ko‘maklashish markazi va tuman hokimligi hamkorligida…
17:40 / 11.09.2026
Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko‘rib chiqildi

Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko‘rib chiqildi

Yig‘ilishda Toshkent shahrini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, kommunal va energetika infratuzilmasining barqaror ishlashini t…
09:04 / 12.09.2026
O‘zbekistonda 420 mln so‘mgacha bo‘lgan nizosiz talablarni notarius orqali undirish mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda 420 mln so‘mgacha bo‘lgan nizosiz talablarni notarius orqali undirish mumkin bo‘ladi

Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida nizosiz talablarni notarial tartibda rasmiylashtirish va ijro etish tartib…
10:54 / 11.09.2026
Kongoda maktabdagi yong‘in oqibatida 24 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi

Kongoda maktabdagi yong‘in oqibatida 24 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi

Kongo Demokratik Respublikasining sharqiy qismida joylashgan Bukavu shahrida maktab hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oq…
09:33 / 11.09.2026
Dunyoda har yili 727 ming kishi o‘z joniga qasd qiladi

Dunyoda har yili 727 ming kishi o‘z joniga qasd qiladi

Dunyoda har yili 727 mingga yaqin kishi o‘z joniga qasd qiladi. 15–29 yoshdagi yoshlar orasida suitsid 2021-yilda o‘lim saba…
10:22 / 12.09.2026
Ekopolitsiya xodimi o‘limi yuzasidan 3 nafar shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ekopolitsiya xodimi o‘limi yuzasidan 3 nafar shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sirdaryoda xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan Ekopolitsiya xodimi Mirzo Botirovning o‘limi yuzasidan uch nafar…
11:37 / 11.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!