Poytaxtimizda joylashgan ayrim sud binolarida Toshkent shahar sudi, IIBB, Milliy Gvardiya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Bu kabi o‘quv mashg‘ulotlari shahrimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, shuningdek, strategik obyektlarda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida rejali ravishda amalga oshirilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar! Xavfsizlik qoidalariga rioya etishingizni va xavotirga berilmasligingizni hamda vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Barcha harakatlar shahrimizning tinchlik va osoyishtaligini taʼminlash maqsadida o‘tkazilmoqda” – deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!