$
11825.40 UZS
-5.47
₽
140.34 UZS
1.07
€
13483.32 UZS
32.8
31° Kechasi 18°

Prezident Shavkat Mirziyoyev YUNESKO bosh direktori Odri Azuleni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi

16:11 / 30.10.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (UNESCO) Bosh direktori Odri Azuleni qabul qildi.

O‘zbekiston bilan BMTning ushbu nufuzli instituti o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Suhbat avvalida Odri Azule davlat rahbarini tarixiy voqea – tashkilot Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi so‘nggi 40 yilda ilk bor UNESCOning Parij shahridagi bosh qarorgohi tashqarisida o‘tkazilayotgani bilan samimiy tabrikladi.

O‘zbekistonning konferensiyani yuksak saviyada tashkil etish, shuningdek, uni amaliy ahamiyatga ega tadbirlar bilan boyitish borasidagi keng ko‘lamli ishlariga ijobiy baho berildi.

Xususan, UNESCOning Maktabgacha ta’lim bo‘yicha mintaqaviy markazi ishga tushiriladi, Beruniy mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi, Samarqand shahrining 3000 yilligi munosabati bilan maxsus tadbir, shuningdek, muzeylar, sun’iy intellekt, gender mavzulari bo‘yicha forumlar va boshqa ko‘plab tadbirlar o‘tkaziladi.

Keyingi yillarda O‘zbekiston va UNESCO o‘rtasidagi hamkorlikda yuksak darajaga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Birgalikda bolalar ta’limi bo‘yicha butunjahon konferensiyasi o‘tkazildi, Parijda Beruniyning 1050 yilligi nishonlandi, buyuk alloma sharafiga xalqaro mukofot ta’sis etildi.

O‘zbekistonning tashabbusi bilan UNESCOning uchta muhim rezolyutsiyasi qabul qilindi. Tashkilotning maxsus ro‘yxatlariga O‘zbekistonning bir qator yangi obyektlari va madaniy qadriyatlari kiritildi.

UNESCO bilan sheriklikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish, ustuvor yo‘nalishlarda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorlik bildirildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Prezidenti fan, ta’lim va madaniyat sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishdagi katta xizmatlari hamda xalqimizning boy madaniy merosini keng ommalashtirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun Odri Azulega O‘zbekistonning yuksak mukofoti – “Do‘stlik” ordenini topshirdi.

O‘zbekiston

														O‘zbekiston — ikki karra Shaxmat olimpiadasi chempioni!

O‘zbekiston terma jamoasi Samarqandda o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
17:44 / 27.09.2026

														Shahnoza Mirziyoyeva: Namangandagi besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia nazoratda

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda besh yoshli qizaloq bila…
14:34 / 27.09.2026

														Saida Mirziyoyeva: Bunday jinoyatlar uchun javobgarlikni maksimal darajada kuchaytirish kerak

Saida Mirziyoyeva Namanganda yuz bergan fojia yuzasidan munosabat bildirdi.
10:17 / 27.09.2026

														Sherzod Asadov “Al Jazeera Media Week” xalqaro media haftaligining yopilish marosimida ishtirok etdi

Bugun “Al Jazeera Media Week” xalqaro media haftaligining yopilish marosimida ishtirok etdim. Jurnalistlar, media mutaxassis…
17:36 / 26.09.2026

														Muhammadaliga Prezident sovg‘asi va minnatdorlik maktubi topshirildi

Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida ijtimoiy tarmoqlarda Muhammadali ismli bolaning samimiy murojaati va …
14:59 / 26.09.2026

														Toshkent metropoliteniga 56 ta yangi vagon qo‘shildi

2026-yil davomida jami 14 ta zamonaviy harakat tarkiblarini xarid qilish rejalashtirilgan edi. Joriy yil yangi o‘quv yili bo…
14:26 / 26.09.2026

														O‘zbekistonda “Demografik dividend – 2050” strategiyasi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda demografik barqarorlik masalalariga bag‘ishlangan tadbir BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) bilan hamk…
17:14 / 25.09.2026

														Namanganda bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: gumondor qamoqqa olindi

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida voyaga yetmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘z…
17:10 / 25.09.2026

														26-sentyabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo keskin salqinlashishi va harorat pasayishi kutilmoqda.

Antisiklon kirib kelishi hisobiga respublika hududida nisbatan sovuq havo oqimi hukmronlik qiladi.
16:27 / 25.09.2026

														Qirg‘iziston sobiq ichki ishlar vaziri 2027 yilgi prezidentlik saylovida qatnashishini e’lon qildi

Qirg‘izistonning sobiq ichki ishlar vaziri, siyosatchi Omurbek Suvonaliyev mamlakatda 2027 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentl…
15:43 / 25.09.2026

Bu ham qiziq

O‘zbekiston — ikki karra Shaxmat olimpiadasi chempioni!

O‘zbekiston — ikki karra Shaxmat olimpiadasi chempioni!

O‘zbekiston terma jamoasi Samarqandda o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
17:44 / 27.09.2026
Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026
Qozog‘istonda 19 nafar harbiy Kaspiy dengizida oqib ketdi: 9 kishi halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Mang‘istov viloyatida o‘quv-jangovar mashg‘ulotlar vaqtida 19 nafar harbiy xizmatchi Kaspiy dengizida oqimga…
16:22 / 24.09.2026
Qirg‘iziston sobiq ichki ishlar vaziri 2027 yilgi prezidentlik saylovida qatnashishini e’lon qildi

Qirg‘iziston sobiq ichki ishlar vaziri 2027 yilgi prezidentlik saylovida qatnashishini e’lon qildi

Qirg‘izistonning sobiq ichki ishlar vaziri, siyosatchi Omurbek Suvonaliyev mamlakatda 2027 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentl…
15:43 / 25.09.2026
Toshkent metropoliteniga 56 ta yangi vagon qo‘shildi

Toshkent metropoliteniga 56 ta yangi vagon qo‘shildi

2026-yil davomida jami 14 ta zamonaviy harakat tarkiblarini xarid qilish rejalashtirilgan edi. Joriy yil yangi o‘quv yili bo…
14:26 / 26.09.2026
Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda BlackRock rahbariyati bilan uchrashdi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda BlackRock rahbariyati bilan uchrashdi.
09:33 / 25.09.2026
Muhammadaliga Prezident sovg‘asi va minnatdorlik maktubi topshirildi

Muhammadaliga Prezident sovg‘asi va minnatdorlik maktubi topshirildi

Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida ijtimoiy tarmoqlarda Muhammadali ismli bolaning samimiy murojaati va …
14:59 / 26.09.2026
Ish joyidagi baxtsiz hodisalarda majburiy maxsus tekshiruv

Yangi nizomga muvofiq, ish joyida baxtsiz hodisa yuz berganda ish beruvchi zudlik bilan jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yorda…
15:37 / 24.09.2026
Shahnoza Mirziyoyeva: Namangandagi besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia nazoratda

Shahnoza Mirziyoyeva: Namangandagi besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia nazoratda

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda besh yoshli qizaloq bila…
14:34 / 27.09.2026
Samarqandda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkor davlatga 3,6 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazdi

Samarqand shahrida yakka tartibdagi tadbirkorga qarashli ishlab chiqarish korxonasi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bi…
15:39 / 25.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!