O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat rahbarining haftalik ish rejasidan o‘rin olgan tadbirlar haqida ma’lumot berdi. Uning qayd etishicha, boshlangan ish haftasi har doimgidek muhim voqealarga boy bo‘lishi kutilmoqda.
27-oktyabrda davlat rahbari joriy yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar va 2026-yilga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazadi. Kunning ikkinchi yarmida prezident AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor va AQSh davlat kotibining o‘rinbosari Kristofer Landauni qabul qiladi.
O‘zbekiston tarixiy tadbir – YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini qabul qilmoqda. Prezident Samarqandga tashrif buyurib, ilk bor Parij shahridan tashqarida o‘tkazilayotgan anjumanning ochilishida ishtirok etadi, madaniyat, ilm-fan va ta’lim sohalaridagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha tashabbuslarni ilgari suradi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Bundan tashqari, joriy haftada O‘zbekistonga Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb tashrif bilan keladi. Sammitlar doirasida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!