$
12875.06 UZS
13.23
124.75 UZS
-0.72
13406.80 UZS
-90.4
Kechasi -5°

Prezident Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasini ko‘rib chiqdi

20:29 / 09.10.2024

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 oktyabr kuni Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Keltirilishicha, bugungi kunda shahar hududi 43 ming 822 gektar, aholi soni 3 milliondan ziyod. Kelgusida bu miqyos yanada oshib borishi tayin. Shu bois Toshkent shahrining 2045 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan bosh rejasi loyihalashtirilgan.

Davlat rahbari bu boradagi ilk ishlanmalar bilan 2022 yilda tanishgan edi. Unda berilgan ko‘rsatma va tavsiyalar asosida loyiha takomillashtirildi. “ToshkentboshplanLITI” korxonasida Singapur, Buyuk Britaniya, Turkiya, Germaniya, Xitoy va Niderlandiya kompaniyalari bilan hamkorlikda puxta ish olib borildi.

Loyihaga ko‘ra, Toshkent shahri hududi 3 ta zonaga ajratiladi. Konservatsiya zonasida madaniy meros binolari, tarixiy joylar, uylar va yashil hududlar o‘zgarishsiz qoladi. Rekonstruksiya zonasida master-rejalar asosida qo‘shimcha qurilishlar qilish mumkin bo‘ladi. Renovatsiya zonasida eskirgan uy-joy, binolar o‘rnida yangi qurilishlar va ta’mirlash amalga oshiriladi.

Bugungi kunda ekologiya va transport muammolari dolzarb bo‘lib bormoqda. Xususan, oxirgi o‘n yilda Toshkentdagi havo harorati o‘rtacha 1 daraja ko‘tarilgan. Ba’zi kunlarda atmosferadagi ifloslantiruvchi moddalar me’yordan ortiq bo‘lmoqda. Avtomashinalar ham kun sayin ko‘payib, yo‘l harakati qiyinlashib bormoqda.

Shu bois yangi bosh rejada bu masalalar inobatga olingan. Jumladan, Toshkent shahri va uning atrofidagi yashil hududlar 3 karra ko‘paytirilib, 25 ming gektarga yetkazilishi belgilanmoqda. Bu orqali aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yashil maydon hozirgi 3 kvadrat metrdan 6 kvadrat metrga oshadi.

Shaharsozlik talabiga ko‘ra, aholi o‘z yashash joyidan eng yaqin bog‘cha, maktab, shifoxona, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarigacha ko‘pi bilan 15 daqiqada yetib bora olishi kerak. Shu bois jamoat transporti tarmog‘i kengaytirilib, bog‘lamlar va bekatlar ko‘paytiriladi. Yangi yo‘llar qurilib, metrobus yo‘nalishlari tashkil etiladi.

So‘nggi yillardagi o‘sish natijasida Toshkentda elektr energiyasi, suv va oqova infratuzilmasi yuklama bilan ishlayapti. Bosh reja loyihasida bu quvvatlarni oshirish manbalari ham hisob-kitob qilingan.

Bosh reja tasdiqlangach, uning xaritalari Shaharsozlik kadastri geoaxborot tizimida hamda Toshkent shahar hokimligi veb-saytida ochiq ma’lumot sifatida joylashtiriladi.

Mutasaddilar bosh rejaning shu kabi asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha axborot berdi.

Davlat rahbari Toshkent shahrini kamida 7,5 million odam yashashi va ishlashi uchun qulay sharoitga ega yirik megapolisga aylantirish zarurligini ta’kidladi. Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yuqorichirchiq, O‘rtachirchiq va Toshkent tumanlarini poytaxt bilan yaxlit aglomeratsiya asosida rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.


O‘zbekiston


														
														16 yoshli tanishini do‘pposlagan qiz protsessual tartibda ushlandi

16 yoshli tanishini do‘pposlagan qiz protsessual tartibda ushlandi

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv doirasida voyaga yetmagan K.U. (2008-yilda tug‘ilgan qiz bola)ga yetkazilgan…
14:41 / 21.12.2024

														
														Qashqadaryoda gaz ballonlari talon-toroj qilinmoqda

Qashqadaryoda gaz ballonlari talon-toroj qilinmoqda

“Hududgazta’minot” AJ Boshqaruv raisi topshirig‘i bilan bo‘lib o‘tayotgan tezkor nazorat tadbirlari davomida tizim xodimlari…
10:55 / 21.12.2024

														
														Andijonda zilzila sodir bo‘ldi

Andijonda zilzila sodir bo‘ldi

Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 21.12…
08:52 / 21.12.2024

														
														21-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

21-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi -5 -7 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi.
22:57 / 20.12.2024

														
														Rossiya Ukraina poytaxtiga zarba berdi

Rossiya Ukraina poytaxtiga zarba berdi

Kiyev harbiy ma’muriyati va Kiyev meri Vitaliy Klichkoning xabar berishicha, jabrlanganlarning kamida o‘ntasidan oltitasi ka…
22:09 / 20.12.2024

														
														O‘zbekiston sun’iy intellektga tayyorgarlik reytingida 70-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston sun’iy intellektga tayyorgarlik reytingida 70-o‘rinni egalladi

Janubiy va Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari orasida O‘zbekiston Hindiston va Turkiya bilan bir qatorda kuchli uchlikka …
21:07 / 20.12.2024

														
														Shavkat Mirziyoyev yangilangan bojxona kodeksi loyihasini ishlab chiqishni buyurdi

Shavkat Mirziyoyev yangilangan bojxona kodeksi loyihasini ishlab chiqishni buyurdi

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
20:27 / 20.12.2024

														
														Buxoro va Namangan aeroportlari xususiy mulkdorlar boshqaruviga o‘tadi

Buxoro va Namangan aeroportlari xususiy mulkdorlar boshqaruviga o‘tadi

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash sohasidagi yil yakunlari va 2025-yilga mo‘ljallangan rejalar mavzusida …
19:44 / 20.12.2024

														
														Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov.
19:04 / 20.12.2024

														
														2025-yildan mobil aloqa xizmatlarida aksiz solig‘i bekor qilinadi

2025-yildan mobil aloqa xizmatlarida aksiz solig‘i bekor qilinadi

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilda aksiz solig‘i stavkasini 10 foizgacha kamaytirish to‘g‘risida prezident qarori qabul qilindi.
18:32 / 20.12.2024

Bu ham qiziq

21-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

21-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi -5 -7 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi.
22:57 / 20.12.2024
“XAMAS G‘azoda qolsa, urush to‘xtamaydi” – Netanyaxu

“XAMAS G‘azoda qolsa, urush to‘xtamaydi” – Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu mamlakatning G‘azo sektoridagi XAMASga qarshi harbiy harakatlari ushbu tashkilot hokim…
12:47 / 21.12.2024
Saida Mirziyoyeva Prezident Administratsiyasida yosh bilimdonlar bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Prezident Administratsiyasida yosh bilimdonlar bilan uchrashdi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva yil yakunida Prezident Administratsiyasida o‘quvchi yoshlar bilan uchrashdi.
22:53 / 19.12.2024
Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov.
19:04 / 20.12.2024
Qashqadaryoda gaz ballonlari talon-toroj qilinmoqda

Qashqadaryoda gaz ballonlari talon-toroj qilinmoqda

“Hududgazta’minot” AJ Boshqaruv raisi topshirig‘i bilan bo‘lib o‘tayotgan tezkor nazorat tadbirlari davomida tizim xodimlari…
10:55 / 21.12.2024
Shavkat Mirziyoyev yangilangan bojxona kodeksi loyihasini ishlab chiqishni buyurdi

Shavkat Mirziyoyev yangilangan bojxona kodeksi loyihasini ishlab chiqishni buyurdi

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
20:27 / 20.12.2024
O‘zbekiston sun’iy intellektga tayyorgarlik reytingida 70-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston sun’iy intellektga tayyorgarlik reytingida 70-o‘rinni egalladi

Janubiy va Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari orasida O‘zbekiston Hindiston va Turkiya bilan bir qatorda kuchli uchlikka …
21:07 / 20.12.2024
2025-yil O‘zbekistonda 43 mlrd dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan

2025-yil O‘zbekistonda 43 mlrd dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-dekabr kuni investitsiya bo‘yicha 2024-yildagi natijalar sarhisobi va kelgusi yilgi vazifala…
21:42 / 19.12.2024
2025-yildan mobil aloqa xizmatlarida aksiz solig‘i bekor qilinadi

2025-yildan mobil aloqa xizmatlarida aksiz solig‘i bekor qilinadi

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilda aksiz solig‘i stavkasini 10 foizgacha kamaytirish to‘g‘risida prezident qarori qabul qilindi.
18:32 / 20.12.2024
20-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

20-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 20-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib …
00:00 / 20.12.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!