$
12098.12 UZS
13.17
158.64 UZS
-0.67
14353.21 UZS
170.31
31° Kechasi 18°

Prezidentimiz Toshkent shahri qo‘riqlash xizmati faoliyati bilan tanishdi

17:50 / 27.01.2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-yanvar kuni Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi qoʻriqlash xizmati faoliyati bilan tanishdi.

Mamlakatimizda aholining tinch va osoyishta hayoti hamda mol-mulki daxlsizligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilib, ilgʻor xorijiy tajriba asosida zamonaviy yondashuvlar joriy etilmoqda. Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamentiga qoʻyilgan asosiy vazifalardan biri ham aynan shu sanaladi.

Davlatimiz rahbarining 2025-yildagi tegishli farmon va qarori ijrosi doirasida Qoʻriqlash departamenti Milliy gvardiyadan ichki ishlar organlari tizimiga oʻtkazildi.

Ushbu farmon va qarorda belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida aniq rejalar ishlab chiqilib, tegishli choralar koʻrildi.

Texnik qoʻriqlashni tashkil etish va aholiga texnik qoʻriqlash xizmatlarini koʻrsatishning yangi tizimlari joriy etildi.

Xususan, koʻp qavatli uylarning yoʻlaklariga “tashvish” tugmalarini oʻrnatish orqali qoʻriqlash naryadlarining qamrovi ostidagi xonadonlar soni keskin oshirildi, himoya orderi berilgan ayollarning xavfsizligini taʼminlash amaliyoti yoʻlga qoʻyildi.

Obyekt va xonadonlarni qoʻriqlovga olish ishlarida ichki ishlar organlarining tegishli xizmatlari bilan hamkorlik tizimi yoʻlga qoʻyildi.

Natijada qoʻriqlanayotgan obyektlarning soni yil davomida 99 foizga, qoʻriqdagi xonadonlarning soni esa 118 foizga oshdi. Texnik qoʻriqlash markazlarining soni 19, ularga xizmat koʻrsatuvchi tezkor harakatlanuvchi guruhlarning soni esa 15 foizga oshdi.

Davlatimiz rahbari xizmat binosi hovlisida xizmatda qoʻllanilayotgan maxsus texnika vositalari, dronlar manyovri, jamoat tartibini saqlashga jalb etiladigan transport vositalarini koʻzdan kechirdi.

Soʻng qoʻriqlash texnika vositalarining koʻrgazmali taqdimoti bilan tanishildi. Bu yerda “Xavfsiz shahar” konsepsiyasini joriy etish va uni izchil rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha axborot berildi.

Davlatimiz rahbarining 2023-yildagi tegishli qarori bilan belgilangan aniq mexanizmlar amaliyotga joriy etilishi natijasida respublika miqyosida “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi bosqichma-bosqich tatbiq etilmoqda. Koʻrgazma maydonchasida yuridik va jismoniy shaxslarning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda oʻrnatilgan videokuzatuv tizimlari hamda turli xil kameralarning real vaqtda ishlash jarayoni namoyish etildi, ularning texnik imkoniyatlari tushuntirildi va amaliy tavsiyalar berildi.

Taqdimot doirasida aylanma kameralar, yuz qiyofasidan shaxsni aniqlovchi kameralar hamda davlat raqam belgisini aniqlovchi kameralarning imkoniyatlari koʻrsatildi. Ushbu texnik vositalar mahallalar, jamoat joylari, obyektlar, taʼlim muassasalari, shuningdek, shahar va tumanlarning kirish-chiqish nuqtalariga oʻrnatilmoqda.

Bugungi kunda barcha hududiy ichki ishlar boshqarmalarida sunʼiy intellekt asosida hududlarni onlayn kuzatish, tezkor qidiruv ishlarini olib borish, kuch va vositalarni boshqarish hamda jinoyatlarni “issiq izidan” fosh etishga xizmat qiluvchi “Qalqon” axborot tizimi toʻliq ishga tushirilgan.

Davlatimiz rahbari ichki ishlar va qoʻriqlash xizmati ishlarni mahalladan boshlashi, xonadonlarning holatini oʻrganib, ularning xavfsizligini taʼminlashi zarurligini alohida taʼkidladi. Toshkent megapolis shahar ekanini inobatga olgan holda, qonunbuzarlik va jinoyat omillarini muntazam tahlil qilish kerakligiga eʼtibor qaratdi.

“Xavfsiz shahar” konsepsiyasi doirasida yagona platforma, 13 ta maʼlumotlarni qayta ishlash markazi, yagona elektron xarita, 42 ming 750 ta intellektual kamera hamda 17 ta yongʻin xavfsizligi monitoringi tizimi faoliyat yuritmoqda. Ushbu tizimlar konsepsiyaning asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi.

Joriy yilda ham vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda intellektual transport tizimlari, avtoturargohlarni boshqarish, ekologik va seysmologik monitoring, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda ogohlantirish tizimlarini joriy etish va integratsiyalash ishlari davom ettirilayotgani maʼlum qilindi.

Huquqni muhofaza qiluvchi va davlat organlarining “Xavfsiz shahar” yagona platformasi texnik imkoniyatlaridan uygʻun foydalanishi natijasida bir necha yuz milliard soʻm budjet mablagʻlari tejalayotgani qayd etildi. “Xavfsiz shahar” konsepsiyasini joriy etish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro darajada ham katta qiziqish uygʻotayotgani maʼlum qilindi.

Shu bilan birga, yaratilgan shart-sharoitlar natijasida Ichki ishlar vazirligi akademiyasida Raqamlashtirish departamenti uchun zamonaviy talablar asosida yangi bino qurilishi boshlangani maʼlum qilindi. Yil yakuniga qadar tarmoq qamrovini yanada kengaytirish, sunʼiy intellekt asosida kamida toʻrtta yangi tizimni platformaga ulash hamda raqamlashtirish darajasini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish rejalashtirilgan.

Prezidentimiz hozirgi kunda jinoyatchilik shakllari va omillari oʻzgarayotgani, ammo ularga mos tizim va choralar yetarli emasligini qayd etdi. Ayniqsa, kiberxavfsizlik yoʻnalishida jinoyatlar koʻpayib borayotgani va ushbu xavflarni bartaraf etish boʻyicha ishlar jadallashtirilmasa, aholi uchun jiddiy qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkinligini taʼkidladi.

Bu borada salohiyatli kadrlar yetishmasligi asosiy muammo ekani, bank va ichki ishlar organlari xodimlarining bilim va malakasini oshirish, ularni muntazam oʻqitishga alohida eʼtibor qaratish zarurligini bildirdi. Shuningdek, videokuzatuv tizimlarini joriy etishda ularni oʻrnatadigan va samarali boshqaradigan mutaxassislarni tayyorlash, davriy oʻquvlarni tashkil etish muhim ekanini taʼkidladi.

Shundan soʻng Toshkent shahrida tashkil etilgan “Xavfsiz koʻcha”, “Xavfsiz yoʻlak” hamda gastronomik yoʻlaklarda jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan ham tanishildi.

Tashrif davomida qoʻriqlash xizmati xodimlarini soha boʻyicha oʻqitish jarayoni, profilaktika inspektorlari bilan oʻtkazilayotgan amaliy mashgʻulotlar koʻzdan kechirildi.

Davlatimiz rahbariga situatsion markaz faoliyati taqdimoti orqali xavfsizlikni taʼminlashda zamonaviy boshqaruv va monitoring tizimlarining oʻrni haqida maʼlumot berildi.

Situatsion markaz qoʻriqlash xizmatining boʻlinmalari harakatlarini nazorat qilish, monitoringini yuritish, tezkor va favqulodda vaziyatlarda qoʻriqlash xizmati kuch-vositalarini boshqarish, yoʻnaltirish va onlayn kuzatish maqsadida tashkil etilgan.


O‘zbekiston


														
														Prezidentimiz Toshkent shahri qo‘riqlash xizmati faoliyati bilan tanishdi

Prezidentimiz Toshkent shahri qo‘riqlash xizmati faoliyati bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-yanvar kuni Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi qoʻriqlash xizmati faol…
17:50 / 27.01.2026

														
														Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi TIVga chaqirtirildi

Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi TIVga chaqirtirildi

2026-yil 26-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Rossiya Federatsiyasini…
17:45 / 27.01.2026

														
														28-yanvar kungi ob-havo ma’lumoti

28-yanvar kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi, tuman tushi…
16:57 / 27.01.2026

														
														O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 2025-yilda 81,2 mlrd dollarni tashkil etdi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 2025-yilda 81,2 mlrd dollarni tashkil etdi

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 81,2 mlrd …
16:44 / 27.01.2026

														
														Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlariga tungi xizmat uchun kompensatsiya belgilanadi

Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlariga tungi xizmat uchun kompensatsiya belgilanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi videoselektor yig‘ilishda Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlariga tungi xiz…
15:01 / 27.01.2026

														
														“Javobgarlik muqarrar, jazo qattiq bo‘ladi!” – Shavkat Mirziyoyev

“Javobgarlik muqarrar, jazo qattiq bo‘ladi!” – Shavkat Mirziyoyev

“Bilib qo‘yinglar, davlatning har bir so‘mi bo‘yicha ta’sirchan nazorat o‘rnatiladi. Javobgarlik muqarrar, jazo qattiq bo‘la…
14:40 / 27.01.2026

														
														Haj va Umra ziyoratlari uchun yagona elektron portal ishga tushirildi

Haj va Umra ziyoratlari uchun yagona elektron portal ishga tushirildi

Yangi tartib joriy yil 1-fevraldan boshlab Haj ziyoratiga borish uchun, 1-maydan esa Umra ziyorati uchun yagona portal orqal…
11:52 / 27.01.2026

														
														2025-yilda O‘zbekistonga 86 mingdan ziyod xorijliklar davolanish uchun kelgan

2025-yilda O‘zbekistonga 86 mingdan ziyod xorijliklar davolanish uchun kelgan

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda 86 199 nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekisto…
10:00 / 27.01.2026

														
														Andijonda FVB inspektori pora bilan ushlandi

Andijonda FVB inspektori pora bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘a…
08:35 / 27.01.2026

														
														Xorijda qiyin ahvolda qolganlarni vatanga qaytarish uchun qariyb 16 mlrd so‘m ajratilgan

Xorijda qiyin ahvolda qolganlarni vatanga qaytarish uchun qariyb 16 mlrd so‘m ajratilgan

2025-yil davomida Migratsiya agentligi tomonidan xorijda murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan 3709 nafar yurtdoshimiz 22…
17:58 / 26.01.2026

Bu ham qiziq

Toshkent—Guliston—Toshkent yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdlari qatnovi vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkent—Guliston—Toshkent yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdlari qatnovi vaqtincha to‘xtatiladi

Bu haqida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJning Telegram sahifasida ma’lum qilindi.
09:13 / 26.01.2026
Xorijda qiyin ahvolda qolganlarni vatanga qaytarish uchun qariyb 16 mlrd so‘m ajratilgan

Xorijda qiyin ahvolda qolganlarni vatanga qaytarish uchun qariyb 16 mlrd so‘m ajratilgan

2025-yil davomida Migratsiya agentligi tomonidan xorijda murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan 3709 nafar yurtdoshimiz 22…
17:58 / 26.01.2026
Chinoz va Bekobod tumanlarida narkosavdogarlar qo‘lga olindi

Chinoz va Bekobod tumanlarida narkosavdogarlar qo‘lga olindi

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida o‘tkazilayotgan kriminogen vaziyatni barqarorlash…
12:17 / 26.01.2026
O‘zbekiston Prezidenti Osiyo Olimpiya kengashi Bosh assambleyasi ishtirokchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti Osiyo Olimpiya kengashi Bosh assambleyasi ishtirokchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyo Olimpiya kengashi rahbariyati va tashkilot Bosh assambleyasi is…
17:48 / 26.01.2026
Fransiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarga kirishni taqiqlamoqda

Fransiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarga kirishni taqiqlamoqda

Hujjat onlayn platformalarga yoshni tekshirish tizimlarini joriy etishga majburiyatini yuklashi kutilmoqda.
15:52 / 27.01.2026
Haj va Umra ziyoratlari uchun yagona elektron portal ishga tushirildi

Haj va Umra ziyoratlari uchun yagona elektron portal ishga tushirildi

Yangi tartib joriy yil 1-fevraldan boshlab Haj ziyoratiga borish uchun, 1-maydan esa Umra ziyorati uchun yagona portal orqal…
11:52 / 27.01.2026
Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li sud zalida hibsga olindi

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li sud zalida hibsga olindi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati Pop tuman sudida Odilxon qori Yunusxon o‘g‘liga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud jar…
15:37 / 26.01.2026
Xitoy bilan hamkorlik Kanadaga qimmatga tushishi mumkin

Xitoy bilan hamkorlik Kanadaga qimmatga tushishi mumkin

Tramp 100 foizlik bojlar bilan tahdid qildi.
08:32 / 26.01.2026
Prezidentimiz Toshkent shahri qo‘riqlash xizmati faoliyati bilan tanishdi

Prezidentimiz Toshkent shahri qo‘riqlash xizmati faoliyati bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-yanvar kuni Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi qoʻriqlash xizmati faol…
17:50 / 27.01.2026
Buxoroda ham avtobuslarda elektron to‘lov tizimi joriy etiladi

Buxoroda ham avtobuslarda elektron to‘lov tizimi joriy etiladi

Buxoro shahridagi jamoat transportida yo‘lkira haqini to‘lashda naqd pulsiz to‘lov tizimi joriy etiladi.
10:59 / 26.01.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!