2025-yil davomida Migratsiya agentligi tomonidan xorijda murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan 3709 nafar yurtdoshimiz 22 ta xorijiy davlatdan Vatanga qaytarildi.
Ushbu gumanitar tadbirlar uchun Migratsiya jamg‘armasidan 15,9 mlrd so‘m ajratildi.
Jumladan:
30-iyul — Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan 30-iyul – 30-avgust kunlari ilk bor “Vatanga qaytarish” xayriya aksiyasi o‘tkazildi.
🔹 Aksiya doirasida xorijda og‘ir ahvolga tushib qolgan 1300 nafar yurtdoshimiz Vatanga olib kelindi.
🚑 Tibbiy holatlarga alohida e’tibor qaratildi:
— 66 nafar fuqaro baxtsiz hodisa yoki og‘ir kasallikdan so‘ng qaytarildi;
Bundan:
— 45 nafar fuqaro maxsus tibbiy tashish (yotqizilgan holda) orqali;
— 21 nafar fuqaro esa O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi shifokorlari nazorati ostida olib kelindi.
📌 Barcha transport, tibbiy, tashkiliy va boshqa xarajatlar to‘liq Migratsiya jamg‘armasi hisobidan qoplandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!