$
12055.90 UZS
44.25
₽
144.16 UZS
0.99
€
13572.53 UZS
109.87
31° Kechasi 18°

“Putin Ukrainadan bunday qarshilikni kutmagan” – Rob Li, harbiy tahlilchi

15:02 / 11.05.2022

Tinchlik – bu soʻz qanchalar oddiy eshitilmasin, biroq uning mohiyatida naqadar chuqur maʼno aks etgan. Biroq bugun ayrim imperialist davlatlarning manfaati yoʻlida Ukraina aholisining tinchi buzildi. Rossiyaning Ukrainaga nisbatan boshlagan bosqini oqibatida minglab insonlar qurbon boʻldi. Minglab goʻdaklar ota-onasiz, uysiz qoldi. Bugun Ukrainada odamlar yer toʻlalarda, metrolarda “ustimizga bomba tushib qolmasmikan”, degan hayiqish bilan urush ichida hayot kechirishmoqda.

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirganiga 76 kun boʻldi. Bu vaqt davomida harbiy tahlilchilar janglardan olingan video va fotosuratlarni, sunʼiy yoʻldosh tasvirlarini muntazam ravishda kuzatib, uni tahlil qilib borishmoqda.

Eng koʻzga koʻringan tahlilchilardan biri, Tashqi siyosatni oʻrganish institutining katta ilmiy xodimi Rob Li “Meduza” saytiga bergan intervyusida, Ukrainada kechayotgan urush haqida o'zning fikr va mulohazalarini bildirib oʻtdi.

— Hozir Ukrainadagi urushda nima boʻlayotganini qanday taxmin qilish mumkin?

— Kiyev uchun jang tugadi. Bu Rossiyaning eng ulugʻvor va eng erishib boʻlmas maqsadi edi. Soʻnggi ikki-uch hafta davomida Rossiya armiyasi asosiy eʼtiborini Donbass va Ukraina janubining bir qismiga qaratgan. Rossiya baʼzi hududlarni egallab oladi, biroq kelajakda nima roʻy berishi aniq emas. Ukraina sharqiy mintaqada yaxshi mudofaa inshootlarini qurdi. Rossiya esa jiddiy yoʻqotishlarga uchradi. Bu esa Rossiya tomonidan kelajakda amalga oshiriladigan hujumlarni murakkablashtirishi mumkin.

Vaziyat qanday rivojlanishi toʻliq aniq emas, lekin men Rossiya bosib olingan hududlarning muhim qismini saqlab qoladi deb oʻylamayman. Sababi, Ukraina NATO'dan olgan yuqori aniqlikdagi qurollari, oʻq-dorilari orqali bu hududlarni qaytarib olishi mumkin.

Endi Putinning mumkin boʻlgan har qanday harakati xavf bilan bogʻliq. Misol uchun Rossiyada harbiy safarbarlik eʼlon qilinsa, bu katta ichki siyosiy xavflarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, zaxiradagi va chaqiriluvchilarning qanchalik samarali boʻlishi aniq emas.

Biroq Rossiya safarbarlik eʼlon qilmasa, urushni hozirgi holatda kuzgacha ushlab turish qiyin boʻladi. Rossiya armiyasi katta yoʻqotishlarga uchradi va bu davom etadi. Bunday sharoitda Ukraina jiddiy murosaga keladi deb oʻylamayman. Menimcha, bu holatda Ukraina hatto 24-fevralgacha Rossiya nazorati ostida boʻlgan hududlar bilan birga Donbassni ham qaytarib olishi mumkin.

Shunday qilib, bu ssenariylarning hech biri Putin uchun yaxshi boʻlmaydi. Yaqin kelajakdagi eng ehtimoliy vaziyat hozir sodir boʻlayotgan voqealarning davomi. Kelgusi bir oy ichida front chizigʻi sezilarli darajada harakat qilmaydi. Ammo faol artilleriya hujumlari olib boriladi.

— Demak, Putin uzoq davom etadigan urush olib borishga qaror qilgan shundaymi?

— Rossiya uchun muammo shundaki, urushning dastlabki ikki haftasida Rossiya oʻzining barcha harbiy kuchlarini jamladi, biroq kutilmagan yoʻqotishlarga uchradi. Agar yana Rossiya oʻz qoʻshinlaridan maksimal darajada foydalansa, ehtimol u koʻproq muvaffaqiyatlarga erisha oladi. Bularning barchasi Ukraina armiyasiga juda qattiq zarba boʻladi.

Yana bir muammo shundaki, Rossiya armiyasi taʼminot masalasi bilan bogʻliq muammolardan aziyat chekmoqda. Albatta bularning barchasi harbiy manyovrlarni bajaradigan boʻlinmalarga, havo-desant kuchlariga, dengiz piyodalari hamda maxsus kuchlarga qattiq taʼsir qiladi. Ularning barchasi allaqachon katta yoʻqotishlarga uchragan.

Agar Rossiyaning ushbu boʻlinmalari yanada koʻproq yoʻqotishlarga duchor boʻlsa, unda savol tugʻiladi. Ukraina qoʻshinlari hujumga oʻtgan vaqtda Rossiya armiyasi oʻz pozitsiyalarini qanday ushlab turadi?

— Rossiya urush boshida boʻlgan armiyani taʼminlashdagi muammolarni hal qila oldimi?

— Urush boshlanishidagi asosiy muammo shundaki, rus harbiy boʻlinmalarining aksariyatiga urushga borishlari haqida oldindan xabar berilmagan. Oʻsha vaqtda bunday uzoq muddat jang olib borish hisobga olinmagan. Odatda armiyaga oziq-ovqatni  yetkazib berish oldindan rejalashtiriladi, ammo Rossiya bunday qilmagan. Bunday harakat logistikaga katta zarar yetkazdi.

Yana bir muhim jihat shundaki, Rossiyaning bosqinchilik rejasi shu qadar koʻp hujum yoʻnalishlarini oʻz ichiga olganki, ular uchun bir vaqtning oʻzida logistikani saqlab qolish qiyin. Qaysidir maʼnoda eʼtiborni Donbassga qaratib, Rossiya logistikani toʻgʻrilashga muvaffaq boʻldi.

— Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya armiyasi uchirgan raketalar portlamay qolgani haqida video va suratlar tarqalmoqda. Rossiya armiyasi yomon jihozlanganmi?

—  Rossiya qoʻshinlari unchalik yaxshi jihozlangan emas. Masalan ular hali ham juda eskirgan “T-72” tanklaridan foydalanishadi. Rossiya armiyasining zaif tomonlaridan yana biri shundaki, ayniqsa shaxsiy tarkibda tungi koʻrish moslamalari yetarli emas. Umuman olganda, rus askarining jihozlari Ukraina askarining jihozlariga oʻxshash deb taxmin qilishim mumkin.

Rossiya armiyasida muhokama qilinadigan muammolardan yana biri bu aloqa liniyalari. Rossiyaning aloqa vositalari yaxshi holatda emas, ular shifrlangan radio uzatishlardan samarali foydalana olmaydi. Bundan tashqari, Rossiyada aniq boshqariladigan qurollar deyarli yoʻq. Shuning uchun portlashlar boshqarilmaydigan raketalar yordamida amalga oshirilmoqda. Ular aniq qurollarga qaraganda nishonga yaqinroq masofadan uchirish kerak va ulardan foydalanish harbiy manyovrlarni murakkablashtiradi yoki kechiktiradi.

—  Gʻarb rasmiylari va ommaviy axborot vositalari 9-may kuni Rossiyada harbiy safarbarlik boshlanishi mumkinligini aytishmoqda. Bu mojaroning borishini oʻzgartirishi mumkinmi? Sizningcha Rossiyada barcha chaqiriluvchilarni qurol-yarogʻ va kiyim-kechak bilan taʼminlash uchun yetarli mablagʻ bormi?

— Harbiy safarbarlik Rossiyaga urushni davom ettirishga imkon beradi. Ammo bu hujum operatsiyalarida yordam beradimi yoki yoʻqmi aniq emas. Axir harbiy chaqiriq tayyorgarlik koʻrgan harbiylar boradi. Harbiy chaqiriq orqali bosib olingan hududlarni ushlab turish va u yerlarda bir qancha ishlarni amalga oshirishga yordam beradi. Shu bilan birga, Rossiyada zarur qurollar mavjudligiga ishonchim komil.

— Rossiyaning Donbass uchun jangda Ukraina qoʻshinlarini oʻrab olish boʻyicha operatsiyasi umuman qanday davom etmoqda?

— Haqiqatan ham, Rossiyaning rejasi Ukraina qoʻshinlarini oʻrab olish edi. Lekin shuni yodda tutish kerakki, Ukrainaning sharqiy qismi yaxshi himoyalangan. Ukraina oʻzining mudofaa pozitsiyalarini rivojlantirish uchun koʻp yillar kerak boʻladi. Biz bu pozitsiyalarga artilleriya oʻqlari qanday yoʻnaltirilganini koʻrdik, ammo bu qanday taʼsir koʻrsatgani hozircha aniq emas.

Rossiya baʼzi hududlarni bosib oldi, ammo bu unga juda qimmatga tushgan va uzoq davom etgan janglarning natijasidir. Rossiya bu urushda boshqa biror narsa yuta oladimi yoki yoʻqmi menga aniq emas.

Bu urush olti oy yoki bir yildan keyin qanday boʻlishi nomaʼlum. Rossiya uzoq muddatda Donbassni qanday nazorat qilishi aniq emas. Rossiya bunga allaqachon juda koʻp quruqlikdagi kuchlarini jalb qilgan. Ammo  hozirgi vaziyatdan kelib chiqqan holda ular bu hududda hatto bir yil turolmaydi deb oʻylamayman.

Shuning uchun Rossiya hujumda muvaffaqiyat qozona olsa, bu keyingi bir necha hafta ichida sodir boʻlishi kerak. Sababi, Ukraina chet eldan keladigan yaxshi qurol-yarogʻ bilan oʻz armiyasini taʼminlasa, Rossiya uchun hujumkor harakatlarni amalga oshirish tobora qiyinlashadi.

— Ushbu urushda Rossiya va Ukraina qoʻshinlarining taktikasini qanday tasvirlagan boʻlardingiz?

— Yakuniy natijalarni olishning iloji boʻlmasa-da, Rossiya Federatsiyasi harbiy kuchlari tomonidan baʼzi shubhali taktik qarorlar qabul qilindi. Taktikadagi muammolar strategiyadagi muammolar tufayli paydo boʻladi. Ehtimol, muammolarning aksariyati rus qoʻshinlarining urushda qatnashishlarini bilmaganligi va bunga tayyorgarlik koʻrmaganligi bilan bogʻliq.

Shu bilan birga, Ukrainaning harakatlari uning taktikasini rejalashtirish chuqurligi haqida gapirishga imkon beradi. Ukraina qoʻshinlari markazlashtirilmagan boshqaruvda va rejalarning bajarilishini nazorat qilishda muvaffaqiyat qozonmoqda. Bundan tashqari AQSh razvedkasi Ukraina harbiylariga katta yordam koʻrsatmoqda.

Agar Rossiya boshqacha taktikani tanlaganida, urush boshqacha koʻrinishda kechishi mumkinmi?

— Menimcha, urush boshida Rossiya oʻz artilleriyasi va raketa tizimlarini ishga tushirish orqali Ukraina armiyasi sonini kamaytirishga eʼtiborini qaratganida, rus armiyasi samarali harakat qilib, Ukraina armiyasi katta yoʻqotishlarga duchor boʻlar edi. Biroq urushning birinchi haftalarida Rossiya qoʻmondonligi rus armiyasi kuchli qarshilikka duch kelmaydi degan fikrda boʻlgan. Shu sababli rus armiyasi bosqinning dastlabki kunlarida juda tez harakat qildi. Lekin ular qiyin jangovar sharoitlarga tayyorgarlik koʻrishmagan edi. Tez orada Ukraina qoʻshinlari qarshilik koʻrsatishga qodir ekanliklarini isbotladilar. Birinchi ikki hafta ichida Rossiya qoʻshinlari Ukraina armiyasiga qayta toʻplanishga imkon berishdi.

Agar Rossiya urushni boshqacha rejalashtirganida edi, menimcha, koʻp narsa boshqacha boʻlishi mumkin edi. Ular hujum chizigʻi sonini kamaytirishi orqali Donbassdagi Ukraina kuchlarini qurshab olishi mumkin. Ammo urush qanday rivojlanishini aniq aytish mumkin emas.

Nazarimda, Putin vaziyatning asl holatini tushunmagan va Ukrainadan bunday qarshilikni kutmagan. Bu rus armiyasining koʻplab muammolarini yanada kuchaytirdi.


Ukraina – Rossiya


														
														Ukraina Moskvaga eng yirik dron hujumini uyushtirdi. Qurbonlar bor.

Ukraina Moskvaga eng yirik dron hujumini uyushtirdi. Qurbonlar bor.

Rossiya poytaxti Moskva so‘nggi bir sutka ichida eng yirik dron hujumiga uchradi. Havo hujumidan mudofaa kuchlari kecha,-19-…
16:29 / 20.09.2026

														
														Rossiya Kiyevga hujum qildi. Qurbonlar bor

Rossiya Kiyevga hujum qildi. Qurbonlar bor

Rossiyaning Buchan tumaniga hujumi oqibatida 37 kishi halok bo‘ldi
17:09 / 29.08.2026

														
														«Ular o‘zi jinni shishadan chiqarib yuborishdi» – Putin Ukraina bo‘ylab zarbalar haqida.

«Ular o‘zi jinni shishadan chiqarib yuborishdi» – Putin Ukraina bo‘ylab zarbalar haqida.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin VGTRK propagandachisi Pavel Zarubinga bergan «intervyu»sida Kiyevning maqsadi – Rossiya iq…
15:22 / 23.08.2026

														
														Ukraina urushga ayollarni safarbar qiladi

Ukraina urushga ayollarni safarbar qiladi

Ayollarning Ukraina Qurolli Kuchlariga safarbar qilinishi, hatto jarohatsiz ham ayollar uchun ko‘p sonli jarohatlar va sog‘l…
17:31 / 15.08.2026

														
														Ukraina Rossiyaga Qora dengizdagi janglarni to‘xtatishni taklif qildi

Ukraina Rossiyaga Qora dengizdagi janglarni to‘xtatishni taklif qildi

Ukraina Rossiyaga Qora dengizdagi fuqarolik obyektlariga qaratilgan hujumlarni o‘zaro to‘xtatishni taklif qildi. Bu haqda ma…
17:07 / 14.08.2026

														
														Rubio: “AQSh Ukrainadagi mojaroni hal qila oladigan yagona mamlakat”

Rubio: “AQSh Ukrainadagi mojaroni hal qila oladigan yagona mamlakat”

“Qo‘shma Shtatlar o‘zini Ukrainadagi mojaroni tugatishga qodir yagona mamlakat deb hisoblaydi”, – dedi Davlat kotibi Marko R…
15:45 / 22.07.2026

														
														Rossiya hujumidan keyin Ukraina poytaxti tutun ichida qoldi

Rossiya hujumidan keyin Ukraina poytaxti tutun ichida qoldi

“Yong‘inlar tufayli Kiyevni qora tutun qopladi. Aholisiga derazalarni yopiq holda saqlash va iloji bo‘lsa, uyda qolish tavsi…
11:38 / 06.07.2026

														
														Zelenskiy Tramp bilan uchrashuvning dastlabki tafsilotlarini ma’lum qildi

Zelenskiy Tramp bilan uchrashuvning dastlabki tafsilotlarini ma’lum qildi

Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlash masalasini muhokama qildik.
17:52 / 16.06.2026

														
														Kiyev Yevropani urushga tortmoqda

Kiyev Yevropani urushga tortmoqda

“Ukraina Latviya hududidan Rossiya hududlariga qarshi dronlarni uchirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda”, – deb xabar berdi Rossiy…
10:40 / 25.05.2026

														
														Rossiya xorijiy diplomatlarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Rossiya xorijiy diplomatlarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Rossiyaning Tashqi ishlar vazirli diplomatik vakolatxonalarni Moskva Ukrainaning 9-maydagi G‘alaba kunini nishonlash marosim…
09:42 / 07.05.2026

Bu ham qiziq

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimi xususiy sektorga o‘tkaziladi

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimi xususiy sektorga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda suyultirilgan gazdan foydalanadigan 3 million 800 ming xonadonni ta’minlash tizimini bosqichma-bosqich xususiy…
15:49 / 16.10.2026
Germaniyada 13 yoshga to‘lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.

Germaniyada 13 yoshga to‘lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.

Hukumat, shuningdek, platformalarga dastlabki bosqichdanoq bolalar xavfsizligini hisobga olish majburiyatini yuklamoqchi.
08:37 / 19.10.2026
Qibrayda 7 kg marixuana, pnevmatik qurol va patronlar topildi

Qibrayda 7 kg marixuana, pnevmatik qurol va patronlar topildi

Toshkent viloyatining Qibray tumanida muqaddam sudlangan fuqaroning ijaraga olgan yer maydonidagi konteynerlardan 7 kilogram…
09:35 / 19.10.2026
Rubio: AQSh Markaziy Osiyoda uzoq muddatli hamkorlikni kengaytirmoqchi

Rubio: AQSh Markaziy Osiyoda uzoq muddatli hamkorlikni kengaytirmoqchi

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio 2026-yil 19-oktabr kuni Samarqandga tashrifi chog‘ida Amerika kompaniyalari O‘zbekistonda yan…
15:23 / 19.10.2026
Sirdaryoda ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi

Sirdaryoda ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi

Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida savdo bilan shug‘ullanuvchi ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan erkakka nisbatan sud q…
10:02 / 18.10.2026
Qizil kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiqni ovlaganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qizil kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiqni ovlaganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida Qizil kitobga kiritilgan bir dona Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i va uch dona yovvoyi t…
09:57 / 18.10.2026
O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda ilk bor energetika sohasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqilib, ochiq e’lon qilinadi. …
15:39 / 16.10.2026
Ronaldu 300 mln dollar daromad bilan dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi kutilmoqda

Ronaldu 300 mln dollar daromad bilan dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi kutilmoqda

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2026/2027-yilgi mavsumda dunyoning eng ko‘p daromad topuvchi futbolchisi bo‘lishi ku…
15:35 / 19.10.2026
Forishda soliq va bojxona imtiyozlariga ega maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi.

Forishda soliq va bojxona imtiyozlariga ega maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi.

Jizzax viloyatining Forish tumanida qurilayotgan atom elektr stansiyasiga zarur yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadi…
16:17 / 16.10.2026
Qo‘g‘irchoq ichiga “gashish” yashirgan ayol ushlandi

Qo‘g‘irchoq ichiga “gashish” yashirgan ayol ushlandi

Toshkent shahrining Bektemir tumanida chaqaloq ko‘rinishidagi bolalar o‘yinchog‘i ichiga “gashish” yashirgan 56 yoshli ayol …
09:53 / 18.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!