Qarshi shahri hokimi Normoʻmin Xolboyev oʻzini 75 million soʻm miqdoridagi pul mablagʻi bilan ragʻbatlantirdi. Hokim tomonidan imzolangan qaror “E-qaror” elektron tizimiga joylashtirilgan.
Qarshi shahri hokimligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Unga koʻra, mazkur qaror Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 536-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Nizomga asosan “Eng namunali sektor” va “Eng tashabbuskor sektor”ni aniqlash hamda gʻolib boʻlgan sektorlarni moddiy ragʻbatlantirish tartibi belgilangan.
Mazkur tartibga koʻra, viloyat hokimligining 2023-yil 1-martdagi yigʻilish bayoniga asosan 2022-yil yakuni boʻyicha samaradorligi yuqori baholangan sektor rahbarlari orasida Qarshi shahar 1-sektor rahbari viloyatda eng yuqori koʻrsatkichga ega sektorlar uchligiga kiritilib, “Eng tashabbuskor sektor”, deb eʼtirof etilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!