$
12895.55 UZS
15.2
159.38 UZS
2.7
14338.56 UZS
-196.91
35° Kechasi 21°

Qashqadaryoda “Cobalt” voyaga yetmagan piyodani urib ketdi

12:02 / 07.12.2022

Qashqadaryoda “Cobalt” haydovchisi voyaga yetmagan piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2022-yil 5-dekabr kuni viloyat IIBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, shu kuni taxminan soat 20:00 atrofida Qarshi shahar, “Nasaf” ko‘chasida piyodalar yo‘lagidan kesib o‘tayotgan Qarshi shahrida yashovchi, voyaga yetmagan X.D.ni “Cobalt” rusumli, oq rangli, davlat raqam belgisisiz avtomashina urib yuborgan. Haydovchi esa hayoti va sog‘lig‘i xavf ostiga qolgan voyaga yetmagan jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatmasdan hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan. Natijada, X.D. tan jarohatlari bilan, shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi va 117-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Holat yuzasidan viloyat miqyosida avtomashinani qidirib topish bo‘yicha ishlar tashkillashtirilgan.

“Hurmatli fuqarolar, agarda sizda yuqoridagi YTH bilan bog‘liq ma’lumot bo‘lsa, ichki ishlar organlarining 102 qisqa telefon raqamiga yoki yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limlariga xabar berishlaringiz so‘raladi. Ma’lumot bergan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi”, – deyiladi xabarda.


Bu ham qiziq

Qamchiq dovonida mashina kabinasiga qisilib qolgan yo‘lovchi qutqarildi

Qamchiq dovonida mashina kabinasiga qisilib qolgan yo‘lovchi qutqarildi

Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida 2 nafar fuqarolar qutqarilib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan, s…
16:18 / 12.05.2025
UFC 315. Bilol Muhammad mag‘lub etildi, Maddalena – yangi chempion

UFC 315. Bilol Muhammad mag‘lub etildi, Maddalena – yangi chempion

Kanadaning Monreal shahrida UFC 315 turniri o‘z yakuniga yetdi.
10:53 / 11.05.2025
11-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

11-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 31-33 daraja bo‘ladi.
00:58 / 11.05.2025
Buyuk Britaniyada migratsiya qoidalari kuchaytiriladi

Buyuk Britaniyada migratsiya qoidalari kuchaytiriladi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer migratsiya qonunchiligida keng ko‘lamli islohotlarni e’lon qildi.
18:34 / 12.05.2025
Mas’ud Pezeshkiyon O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovni qabul qildi

Mas’ud Pezeshkiyon O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovni qabul qildi

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon rasmiy tashrif bilan Tehron shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respubl…
20:32 / 12.05.2025
Mubashshir Ahmad hibsga olindi

Mubashshir Ahmad hibsga olindi

Bu haqda o‘zining telegram sahifasida ma’lum qilindi.
14:34 / 12.05.2025
12-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

12-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 34-36 daraja bo‘ladi.
05:23 / 12.05.2025
Noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazi…
21:37 / 12.05.2025
13-may kuni ob-havo harorati bugungidanda issiqroq bo‘ladi

13-may kuni ob-havo harorati bugungidanda issiqroq bo‘ladi

“O‘zgidromet” 13-may, seshanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
12:07 / 12.05.2025
Samarqanddagi zapravkada yuz bergan portlash oqibatida vafot etganlar 3 kishiga yetdi

Samarqanddagi zapravkada yuz bergan portlash oqibatida vafot etganlar 3 kishiga yetdi

Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.
09:45 / 11.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!