$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
27° Kechasi 17°

Qashqadaryoda o‘zga ayolning suratlarini tarqatmaslik uchun pul talab qilgan yigit ushlandi

08:56 / 10.05.2023

Qashqadaryo viloyatida o‘zga ayolning fotosuratlarini tarqatib yubormaslik evaziga 10 million so‘m talab qilgan yigitga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Kiberxavfsizlik xizmati xabar bermoqda.

Yakkabog‘ tumanida yashovchi 20 yoshli (ayol) Sh.A. ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs tomonidan qo‘ng‘iroq orqali tahdid qilinib, shaxsiy ma’lumotlarini tarqatmaslik evaziga pul talab qilinayotganiligini ma’lum qilgan.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, tovlamachilik yo‘li bilan Sh.A.ning pullarini o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan qonunbuzar Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida yashovchi 22 yoshli (erkak) B.H. ekanligi aniqlangan.

Unga ko‘ra B.H. ayolga qo‘ng‘iroq qilib, uning boshqalarga ko‘rsatib bo‘lmaydigan, uyatli foto va videotasvirlari mavjud ekanligi va ularni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yubormaslik uchun 10 mln. so‘m miqdorida pul talab qilgan va tezkor tadbirlar davomida kelishilgan pullarni olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olingan.

B.H.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 1-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Qonunga muvofiq, bunday turdagi jinoiy harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Bu ham qiziq

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi yo‘lladi

Bu haqda, Prezident matbuot xizmati e’lon qildi.
19:51 / 08.05.2025
YeChL. “PSJ” ikkala bahsda ham “Arsenal” ustidan g‘alaba qozonib finalga yo‘l oldi

YeChL. “PSJ” ikkala bahsda ham “Arsenal” ustidan g‘alaba qozonib finalga yo‘l oldi

7-maydan 8-may sanasiga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar Ligasining ikkinchi yarim final bahsi bo‘lib o‘tdi. Parij shahrida…
10:05 / 08.05.2025
Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlari vaqtincha elektr ta’minotidan uzildi

Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlari vaqtincha elektr ta’minotidan uzildi

8-may kuni Mirzo Ulug‘bek tumani: “Amir Temur”, “Temuriylar” hamda “Alisherobod” MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 da…
14:15 / 08.05.2025
Bugun barcha xodimlar 1 soat vaqtli ketishi mumkin

Bugun barcha xodimlar 1 soat vaqtli ketishi mumkin

Ertaga, 9-may — Xotira va qadrlash kuni. Demak, bugun, 8-may kuni barcha xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy h…
09:34 / 08.05.2025
Ilhom Aliyev  9-may kuni Moskvada bo‘lib o‘tuvchi bayramga borishdan bosh tortdi

Ilhom Aliyev  9-may kuni Moskvada bo‘lib o‘tuvchi bayramga borishdan bosh tortdi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev G‘alabaning 80 yilligini nishonlash uchun Moskvaga borishdan bosh tortdi. Bu haqda Rossiy…
21:57 / 07.05.2025
Shavkat Mirziyoyev: “Oilaviy shifokorlar 1,5 ming dollar, hamshiralar esa 600-800 dollar oylik oladigan tizim qilamiz”

Shavkat Mirziyoyev: “Oilaviy shifokorlar 1,5 ming dollar, hamshiralar esa 600-800 dollar oylik oladigan tizim qilamiz”

Prezident raisligida tibbiyot sohasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
15:11 / 07.05.2025
Zamonaviy bolalik: ortiqcha vazn epidemiyasi va uning ildizlari

Zamonaviy bolalik: ortiqcha vazn epidemiyasi va uning ildizlari

So‘nggi o‘n yillikda texnologiya, ovqatlanish madaniyati va turmush tarzi keskin o‘zgardi. Afsuski, bu o‘zgarishlar faqat qu…
17:21 / 07.05.2025
O‘zbekiston viloyatlariga 241 ta avtobus yetkazib berildi

O‘zbekiston viloyatlariga 241 ta avtobus yetkazib berildi

2025-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston mintaqalariga yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun 241 ta avtobus va 113 ta…
15:36 / 08.05.2025
Janubiy Koreyaning T’way Air kompaniyasi Seuldan Toshkentga parvozlarni amalga oshiradi

Janubiy Koreyaning T’way Air kompaniyasi Seuldan Toshkentga parvozlarni amalga oshiradi

Uzbekistan Airports ma'lumotlariga ko'ra, birinchi reys joriy yilning 23-mayiga rejalashtirilgan.
19:39 / 07.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi

Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston rahbari Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan tantanali ta…
18:22 / 07.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!