Bugun, 25-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 06:20 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. Yer silkinishi O‘zbekistonda ham sezildi. Bu haqda Respublika Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, zilzila epitsentri Toshkentdan 246 km janubi-sharqda. Epitsentrda sezilish kuchi 4 ball. Magnitudasi 3. Chuqurligi: 5 km. Epitsentr: Botken, Qirg‘iziston Respublikasi. Koordinatalari 40,17 shimoliy kenglik, 71,75 sharqiy uzunlik.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
Quvasoy shahrida 2 ball, 23 km; Farg‘ona tumanida 2-3 ball, 14 km; Farg‘ona shahrida 2 ball, 23 km.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!