Giyohvandlik vositalarining kontrabandasi va noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari hamkorligida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida “o‘zbek-qirg‘iz” davlat chegarasining Quvasoy shahar “Polmon” MFY hududidan o‘tuvchi qismida noma’lum shaxslar tomonidan katta miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari qoldirib ketilganligi aniqlangan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida Qirg‘iz Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazilgan jami 7 dona qutilarda umumiy qiymati 6 mlrd 19 mln 980 ming so‘mlik 53 522 dona “Regapen” va 20 000 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi ma’lum bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 1-qismi va 251-1-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dori vositalari egalarining shaxsini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!