$
12199.71 UZS
-19.37
146.09 UZS
0.12
14328.56 UZS
-50.85
31° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi yakunlandi

08:32 / 25.09.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun Nyu-York shahriga tarixiy tashrifi yakunlandi.

Davlat rahbari AQShga tashrifi chog‘ida Bosh Assambleyaning umumsiyosiy munozaralarda so‘zga chiqib, BMTning eng dolzarb global muammolarni hal etish uchun asosiy platforma sifatidagi o‘rniga, shuningdek, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ortga qaytmas islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

O‘zbekiston yetakchisi xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik eng dolzarb masalalarni hal etish, tinchlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.

O‘zbekiston rahbarining AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvi tashrifning markaziy voqeasi bo‘ldi. Davlat rahbarlari O‘zbekiston-AQSh strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va amaliy hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.

Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, BMT Bosh kotibi A.Guterrish, Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon, Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn, Chexiya Respublikasi Prezidenti Petr Pavel, Albaniya Prezidenti Bayram Begay, shuningdek, XVF boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva, Jahon banki guruhi prezidenti Ajay Banga va Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okondjo-Iveala bilan ham muzokaralar o‘tkazdi.

O‘zbekiston Prezidenti AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gorni, AQSh Kongressidagi “O‘zbekiston bilan hamkorlik bo‘yicha kokus” raisi, kongressmen Trent Kellini qabul qildi.

Tashrifning ishbilarmonlik dasturi ham sermazmun bo‘ldi. O‘zbekiston yetakchisi AQSh ishbilarmonlari ishtirokida davra suhbati, shuningdek, qator yetakchi transmilliy kompaniyalar, korporatsiyalar, investitsiya fondlari va moliyaviy institutlar – “Traxys”, “FLSmidth”, “McKinsey”, “Go Green Partners”, Kolorado geologiya maktabi, “BlackRock”, “Boeing Global”, “Franklin Templeton”, “Citigroup”, “Air Products”, “BNY”, “Jefferies”, “NASDAQ”, “Oppenheimer”, “Air Products” va boshqa ko‘plab kompaniyalar rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuv va muzokaralar natijasida o‘rta muddatli loyihalar dasturi shakllantirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va AQSh Prezidentining maxsus vakili Serjio Gor huzurida muhim minerallar, fuqaro aviatsiyasi, kimyo sanoati, energetika va boshqa ustuvor sohalarda imzolangan ikki tomonlama savdo shartnomalari va investitsiya bitimlarini almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi yakunida davlat rahbari, an’anaga ko‘ra, AQShda ishlayotgan va yashayotgan bir guruh vatandoshlar, shuningdek, Amerikaning yetakchi universitetlarida tahsil olayotgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari bilan uchrashdi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahriga jo‘nab ketgan.

 


O‘zbekiston


														
														Farg‘onada qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi mutaxassisi pora bilan ushlandi

Farg‘onada qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi mutaxassisi pora bilan ushlandi

U fuqarodan qurilishi yakunlanmagan binoni tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga 5 ming dollar talab qilib, shund…
16:56 / 25.09.2025

														
														26-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

26-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

26-sentyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kundu…
15:20 / 25.09.2025

														
														Farg‘onada gaz ta’minoti mansabdori 10 ming dollar pora bilan ushlandi

Farg‘onada gaz ta’minoti mansabdori 10 ming dollar pora bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot cho…
15:04 / 25.09.2025

														
														Chilonzordagi xonadonlardan birida yong‘in kelib chiqdi

Chilonzordagi xonadonlardan birida yong‘in kelib chiqdi

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar to‘g‘risida xabar berilmagan.
14:25 / 25.09.2025

														
														6 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dorilar kontrabandasiga chek qo‘yildi

6 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dorilar kontrabandasiga chek qo‘yildi

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 1-qismi va 251-1-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, do…
12:53 / 25.09.2025

														
														Namanganda 15 mlrd so‘mlik sifatsiz dorilar savdosi to‘xtatildi

Namanganda 15 mlrd so‘mlik sifatsiz dorilar savdosi to‘xtatildi

O‘zbekistonga noqonuniy yo‘llar bilan olib kelingan va sifati kafolatlanmagan dori vositalarining savdosiga chek qo‘yish maq…
11:34 / 25.09.2025

														
														Ziroat Mirziyoyeva Nyu-Yorkda JSST va “Zamin” fondi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva Nyu-Yorkda JSST va “Zamin” fondi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etdi

Ishtirokchilar adolatli, integratsiyalashgan va mahalliy resurslarga asoslangan sog‘liqni saqlash tizimlarini rivojlantirish…
10:14 / 25.09.2025

														
														Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi

Bu haqda Respublika Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
08:43 / 25.09.2025

Bu ham qiziq

Shavkat Mirziyoyev AQShda o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev AQShda o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
08:37 / 25.09.2025
Yandex Alisa endi o‘zbekcha gaplashadi

Yandex Alisa endi o‘zbekcha gaplashadi

Endi foydalanuvchilar Alisaga o‘zbek tilida savol berishlari mumkin va u ruscha yoki o‘zbekcha javob bera oladi.
09:45 / 24.09.2025
AQSh maxfiy xizmati BMT sammitidagi Trampning nutqi arafasida yashirin kuzatuv tarmog‘ini aniqladi

AQSh maxfiy xizmati BMT sammitidagi Trampning nutqi arafasida yashirin kuzatuv tarmog‘ini aniqladi

Hozirda maxfiy xizmat ushbu tarmoqning BMT sessiyasi ishiga xalaqit yetkazish va hukumat aloqasini izdan chiqarishga urinish…
10:21 / 24.09.2025
Til sertifikatiga ega bo‘lmagan chet tili o‘qituvchilari yil yakuniga qadar ishlaydi

Til sertifikatiga ega bo‘lmagan chet tili o‘qituvchilari yil yakuniga qadar ishlaydi

Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridagi barcha tegishli bo‘limlarga ushbu topshiriqlar yetkazildi.
16:14 / 24.09.2025
Husanov “Manchester Siti”ning navbatdagi 3 ta o‘yinini o‘tkazib yuboradi

Husanov “Manchester Siti”ning navbatdagi 3 ta o‘yinini o‘tkazib yuboradi

Bu haqda klub bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ma’lum qildi.
09:15 / 24.09.2025
Eron yadroviy quroldan voz kechishga qaror qildi

Eron yadroviy quroldan voz kechishga qaror qildi

Mamlakat oliy rahbari Oyatulloh Xominaiy bu haqda rasmiy izoh berdi.
09:38 / 25.09.2025
Piskent va Bo‘ka tumanlarida bog‘cha tarbiyalanuvchilari zaharlandi

Piskent va Bo‘ka tumanlarida bog‘cha tarbiyalanuvchilari zaharlandi

Hozirda bemorlardan olingan tahlillar va oziq-ovqat namunalari laboratoriyada tekshirilmoqda. Rasmiy xulosalar chiqqach, qo‘…
10:08 / 25.09.2025
Chilonzordagi xonadonlardan birida yong‘in kelib chiqdi

Chilonzordagi xonadonlardan birida yong‘in kelib chiqdi

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar to‘g‘risida xabar berilmagan.
14:25 / 25.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!