Farg‘ona viloyatidagi tumanlardan birining gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i mansab vakolatini suiiste’mol qilgan holda, 10 ta xonadonni yuqori bosimli tabiiy gaz tarmog‘iga ulab berish evaziga har bir xonadondan 1000 AQSh dollaridan jami 10 000 AQSh dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur mansabdor shaxs so‘ralgan pul mablag‘ini o‘zining tanishi orqali olgan vaqtida ushlangan.
Ta’kidlash lozimki, tuman gaz ta’minoti bo‘limi rahbari muqaddam sudlangan bo‘lsa-da o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!