$
12101.84 UZS
53
153.75 UZS
0.87
13811.83 UZS
70.13
31° Kechasi 18°

Namanganda 15 mlrd so‘mlik sifatsiz dorilar savdosi to‘xtatildi

11:34 / 25.09.2025

O‘zbekistonga noqonuniy yo‘llar bilan olib kelingan va sifati kafolatlanmagan dori vositalarining savdosiga chek qo‘yish maqsadida DXX xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Bojxona organlari bilan hamkorlikda Namangan viloyatida tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Jumladan, Kosonsoy tumanida istiqomat qiluvchi, 1986-yilda tug‘ilgan shaxs davlat reyestridan o‘tmagan, muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmagan, Hindistonda ishlab chiqarilgan 2100 dona qutidagi “Ferromed” nomli dori vositasini “shartli” xaridorga 168 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib, uning yashash xonadonidan ham 4296 qutidagi “Ferromed” dori vositasi olingan.

Baholash hisobotiga ko‘ra, jami 6396 qutidagi dori vositalarining umumiy qiymati 1 mlrd 223 mln so‘mni tashkil etadi.

Hozirda qonunbuzarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 186³ -moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan shahrida qayd etilgan holatda dori vositalari ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi MChJ ombor mudiri va uning 2 nafar tanishiga qarashli 3 ta noturar bino ko‘zdan kechirilganda, tegishli hujjatlari bo‘lmagan, taxminiy qiymati 12,8 mlrd so‘mdan ortiq, 2307 turdagi, jami 195323 dona kontrafakt dori vositalari mavjudligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Hozirda ushbu dori vositalariga nisbatan sudga oid kimyoviy, tovarshunoslik ekspertizalari tayinlangan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa holatda esa Namangan shahri va Uychi tumanidagi 2 ta yashirin ombordan xorijda ishlab chiqarilgan, taxminiy qiymati 1,2 mlrd so‘mlik, 128 turdagi jami 45641 dona dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Ushbu sifat sertifikatlariga ega bo‘lmagan ushbu dori vositalarining ayrimlarini yaroqlilik muddati o‘tgan.

Hozirda ushbu dori vositalari ekspertizaga yuborilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


O‘zbekiston


														
														2025-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti 25-iyulni Xalqaro sudyalar va sud tizimi xodimlari farovonligi kuni deb e’lon qildi.

2025-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti 25-iyulni Xalqaro sudyalar va sud tizimi xodimlari farovonligi kuni deb e’lon qildi.

“Sud tizimi xodimlari har kuni insonlar dardi, fojiaviy taqdirlar va murakkab hayotiy vaziyatlarga duch keladilar. Sudyalar …
19:11 / 25.07.2026

														
														Toshkentda ayol yo‘lning qatnov qismiga yotib oldi

Toshkentda ayol yo‘lning qatnov qismiga yotib oldi

Mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.
14:12 / 25.07.2026

														
														Chirchiqda Lacetti daraxtga urildi. Qurbon bor

Chirchiqda Lacetti daraxtga urildi. Qurbon bor

Chirchiq shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.
11:39 / 25.07.2026

														
														“Asosiy vazifamiz — poytaxtimizga “yashil shahar” maqomini qaytarish” – Saida Mirziyoyeva

“Asosiy vazifamiz — poytaxtimizga “yashil shahar” maqomini qaytarish” – Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari poytaxtdagi muhim obyektlarni borib ko‘rdi
22:46 / 24.07.2026

														
														Bugun, 25-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 25-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

25-IYULGA OB-HAVO PROGNOZI24-iyul soat 20:00 dan 25-iyul soat 20:00 gacha
16:11 / 24.07.2026

														
														Saudiya shahzodasi Londondagi mehmonxonada vafot etdi

Saudiya shahzodasi Londondagi mehmonxonada vafot etdi

Saudiya Arabistoni qirollik oilasi a’zosi, 29 yoshli shahzoda Abdulloh bin Fahd bin Abdulloh bin Abdulaziz bin Jallaviy Ol S…
14:10 / 24.07.2026

														
														OTMlarga kirish testlari yakunlandi: endi yo‘nalish tanlash boshlanadi

OTMlarga kirish testlari yakunlandi: endi yo‘nalish tanlash boshlanadi

Davlat oliy ta’lim va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan 2026 yilgi test sinovlari 23-iyul kuni …
14:01 / 24.07.2026

														
														O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Nasiba Madrahimova vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Nasiba Madrahimova vafot etdi

Taniqli raqqosa, baletmeyster, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Nasiba Madrahimova 23 iyul kuni 80 yoshida vafot etdi.…
13:56 / 24.07.2026

														
														Toshkentning Mirobod tumanidagi Shahrisabz ko‘chasida BRT (tezkor avtobus tizimi) yo‘lagini qurish ishlari boshlanadi.

Toshkentning Mirobod tumanidagi Shahrisabz ko‘chasida BRT (tezkor avtobus tizimi) yo‘lagini qurish ishlari boshlanadi.

24-iyul soat 01:00 dan 9-avgust soat 23:00 gacha Shahrisabz–Mirobod–Shota Rustaveli aylanma chorrahasidan Amir Temur shoh ko…
10:15 / 24.07.2026

														
														Bugun, 24-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 24-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

24-IYULGA OB-HAVO PROGNOZI23-iyul soat 20:00 dan 24-iyul soat 20:00 gacha
17:09 / 23.07.2026

Bu ham qiziq

Saudiya shahzodasi Londondagi mehmonxonada vafot etdi

Saudiya shahzodasi Londondagi mehmonxonada vafot etdi

Saudiya Arabistoni qirollik oilasi a’zosi, 29 yoshli shahzoda Abdulloh bin Fahd bin Abdulloh bin Abdulaziz bin Jallaviy Ol S…
14:10 / 24.07.2026
KIDS CAPITAL — ota-onalarning farzandlari kelajagidagi imkoniyatlar uchun sarmoyasi

KIDS CAPITAL — ota-onalarning farzandlari kelajagidagi imkoniyatlar uchun sarmoyasi

Har bir ota-ona o‘z farzandiga o‘zida bo‘lganidan ko‘ra ko‘proq imkoniyatlar berishni orzu qiladi.
10:42 / 22.07.2026
JCHdan keyin ikki o‘zbekistonlik futbolchining narxi keskin oshdi

JCHdan keyin ikki o‘zbekistonlik futbolchining narxi keskin oshdi

Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirok O‘zbekiston milliy terma jamoasining ikki futbolchisi — Behruz Karimov va Jaho…
11:34 / 23.07.2026
Hindistondagi “Tarakanlar xalq partiyasi” harakati hukumat uchun jiddiy siyosiy sinovga aylandi

Hindistondagi “Tarakanlar xalq partiyasi” harakati hukumat uchun jiddiy siyosiy sinovga aylandi

Hindistonda dastlab ijtimoiy tarmoqlardagi satirik tashabbus sifatida boshlangan “Tarakanlar xalq partiyasi” (Cockroach Jana…
15:40 / 24.07.2026
Xitoy Belarus va O‘zbekiston bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kuchaytirishga chaqirdi

Xitoy Belarus va O‘zbekiston bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kuchaytirishga chaqirdi

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Bishkekda bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi doi…
09:32 / 24.07.2026
2025-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti 25-iyulni Xalqaro sudyalar va sud tizimi xodimlari farovonligi kuni deb e’lon qildi.

2025-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti 25-iyulni Xalqaro sudyalar va sud tizimi xodimlari farovonligi kuni deb e’lon qildi.

“Sud tizimi xodimlari har kuni insonlar dardi, fojiaviy taqdirlar va murakkab hayotiy vaziyatlarga duch keladilar. Sudyalar …
19:11 / 25.07.2026
Gitler tug‘ilgan uyda politsiya uchastkasi ochildi

Gitler tug‘ilgan uyda politsiya uchastkasi ochildi

Avstriyaning Braunau-na-Inn shahrida Adolf Gitler tug‘ilgan uyda politsiya uchastkasi ish boshladi. Bu haqda Reuters xabar b…
09:22 / 24.07.2026
Toshkentda ayol yo‘lning qatnov qismiga yotib oldi

Toshkentda ayol yo‘lning qatnov qismiga yotib oldi

Mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.
14:12 / 25.07.2026
Bugun, 24-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 24-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

24-IYULGA OB-HAVO PROGNOZI23-iyul soat 20:00 dan 24-iyul soat 20:00 gacha
17:09 / 23.07.2026
Tojikistonda 400 dan ortiq voyaga yetmagan shaxs nikohdan o‘tdi

Tojikistonda 400 dan ortiq voyaga yetmagan shaxs nikohdan o‘tdi

2026-yilning dastlabki olti oyida Tojikistonda 18 yoshga to‘lmagan 423 nafar shaxs nikohdan o‘tish uchun sud ruxsatini oldi.
14:27 / 23.07.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!