Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qon shahar Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limida bir ayolning sog‘lig‘i yomonlashgani va bir yigitning o‘ziga tan jarohati yetkazayotgan holati aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Farg‘ona viloyati IIB rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2022-yil 1-sentabr kuni Qo‘qon shahar U.Nosir ko‘chasida YPX inspektorlari tomonidan to‘xtatilgan “Matiz” rusumli transport vositasi haydovchisining psixotrop modda ta’sirida ekanlikda gumonlanib, tibbiy tekshiruvga taklif etilgan vaqtda haydovchi tibbiy tekshiruvdan bosh tortganligi va ushbu holat yuzasidan YPX inspektorlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 136-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgani ma’lum bo‘ldi.
Joriy yilning 5-sentabr kuni ushbu avtomobil haydovchisi va uning onasi Qo‘qon shahar Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limiga kelib, ushbu ma’muriy bayonnomaga e’tiroz bildirib, transport vositasini jarima maydonidan chiqarib berishni so‘rashgan.
“Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan yuqoridagi holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar sud organiga ko‘rib chiqish uchun yuborilishi hamda qonuniy qaror qabul qilinishi tushuntirilganda haydovchining bundan jahli chiqib, o‘ziga tan jarohati yetkazgan va onasining sog‘ligi yomonlashgan”, – deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, ushbu fuqarolarga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!