Xitoyning eng yoshi ulug‘i sifatida tan olingan qoshg‘arlik Alimaxon Saidi 135 yoshida vafot etdi.
Xabar berilishicha, Shinjon-Uyg‘ur avtоnom rayonining Qoshg‘ar okrugi fuqarosi bo‘lmish qariya faol hayot tarzi olib borgan. Aytilishicha, kampir birovning ko‘magisiz xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullangan, har kuni sayr qilgan, yoshi kattaligiga qaramay, nabiralariga abiralarini katta qilishda ko‘maklashgan.
Alimaxon Saidi yashagan Kumusherik qishlog‘i Xitoyda uzoq umr ko‘ruvchilar qishlog‘i sifatida mashhur. Unda yoshi 90 dan o‘tgan qariyalar juda ko‘p. Shu bois hukumat ushbu hududda tekin tibbiy tekshiruvlar o‘tkazib turadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!