Bu haqda SANA davlat axborot agentligi xabar bermoqda.
Mamlakatning yangi hukumati 2012-yilda Bashar Asad davrida qabul qilingan Suriya konstitutsiyasini bekor qilgan va “Suriya inqilobining g‘alabasi” haqida e’lon qilindi.
Shuningdek, Suriya muvaqqat hukumati armiyani va xavfsizlik xizmatlarini tarqatib yuborgan. Ularning o‘rniga fuqarolar xavfsizligini ta’minlaydigan yangi idora tashkil etiladi.
Bashar Asad boshchiligidagi BAAS partiyasi va “Milliy progressiv front” koalitsiyasi faoliyati taqiqlangan. Bu tuzilmalarning boshqa nom ostida qayta tiklanishi taqiqlanadi hamda ularning barcha aktivlari davlat hisobiga o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, Ahmad al-Shara “Hayat Tahrir ash-Shom” guruhi rahbarligida Bashar Asad rejimiga qarshi kurashga yetakchilik qildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!