$
12844.21 UZS
-11.72
127.35 UZS
-0.81
13508.26 UZS
-62.46
14° Kechasi

“Raqam bazada yo’q ekan deb, ikki qo’linglarni burninglarga tiqib yuraverasizlarmi shunaqa?” – Xushnudbek Xudoyberdiyev

14:04 / 11.04.2023

Avvalroq, Namanganda 152 ta qoidabuzarlik oqibatida 410 mln soʻm jarima qayd etgan avtomobil aniqlangani haqida xabar berilgandi.

Taniqli huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev ushbu holatga o‘z munosabatini bildirib, tizim yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganini tanqid qildi.

“Bunaqalar “yo’l terroristlari” deyiladi, shunaqa kaltafahmlarning dastidan har yili minglab insonlar halok bo’lmoqda, qancha oila ota-ona yoki farzand dog’ida kuymoqda. Lekin bunaqalar baribir yo’qolib ketmaydi. Yana yangilari chiqaveradi. Chunki tizim shunga yo’l qo’yib beradi”,– deb yozadi u.

Shuningdek, huquqshunos yuzdan oshiq huquqbuzarliklar sodir qilgan avtomobil egasi shu paytgacha qidiruvga berilmaganini katta xatoligini ta’kidlagan.

“Mana, masalan, shu videoda aytilishicha, 01 T 234 ZA soxta raqamiga 152 ta qoidabuzarlik qayd etilgan bo’lsa-da, lekin bu raqam bazada bo’lmagani uchun jarima qo’llash haqida qaror chiqarishning imkoniyati bo’lmabdi emish. Nima??? Tushunmadim, shu paytgacha 152 marta soxta raqam radarlarga tushgan bo’lsa, lekin u bazada bo’lmasa, nega uni tezda tekshirmadinglar? Nega ko’chalarda soxta raqamli bitta mashina tezlikni 152 marta oshirgani qayd etilgan bo’lsa-da, uni bartaraf etish chorasini ko’rmadinglar. Nega qidiruvga berilmadi? Nega yo’llar to’silmadi? Bu nima ahmoqgarchilik? Bu qanaqa xavfsizlik? Shumi sizlarning aqlli va zamonaviy tiziminglar? Shumi sizlarning “xavfsiz shahar” konsepsiyanglar?”,– deb yozadi Xudoyberdiyev.

Xushnudbekning yozishicha, tizim yaxshi yo’lga qo’yilmas ekan, ertaga haqiqiy terrorist ham bunday ishlarni qilishdan tap tortmasligi mumkin.

“Raqam bazada yo’qligi uchun jarima yozolmayapmiz, deb ikki qo’linglarni burninglarga tiqib yuraverasizlarmi shunaqa? Ertaga birorta haqiqiy terrorist mashinasiga soxta raqam taqib, aholi uchun shuncha katta real xavf tug’dirib yursa ham birorta organ buni aniqlolmasdan yuraverasizlarmi shunaqa? Bilmadim, nima deyishga ham hayronman. Bunaqa buzuq tizim mavjud ekan, yo’llarimiz tartibga kelishini kutish noto’g’ri”,– deb xulosa qilgan huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev.


Bu ham qiziq

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-noyabr kuni iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro ha…
23:00 / 22.11.2024
Poytaxtning ayrim hududlarida tabiiy gaz vaqtincha to‘xtatiladi

Poytaxtning ayrim hududlarida tabiiy gaz vaqtincha to‘xtatiladi

Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar bermoqda.
10:49 / 22.11.2024
Qobul Dusovga 1 yillik uy qamoq jazosi tayinlandi

Qobul Dusovga 1 yillik uy qamoq jazosi tayinlandi

Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
17:39 / 22.11.2024
O‘zbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-noyabr kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Ross…
18:42 / 21.11.2024
Toshkentda soxta IIO xodimlari ushlandi

Toshkentda soxta IIO xodimlari ushlandi

Muqaddam bir necha bor sudlangan bu ikki shaxs oldidan kuchli ta’sir qiluvchi doriga o‘xshash moddalar topilgan.
11:37 / 22.11.2024
“Vatandosh kartasi”ga ega shaxslar O‘zbekiston hududiga vizasiz kirishi va chiqishi mumkin

“Vatandosh kartasi”ga ega shaxslar O‘zbekiston hududiga vizasiz kirishi va chiqishi mumkin

Prezident Qarori bilan “Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi …
14:19 / 22.11.2024
Gaz xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini beruvchi mobil ilova ishga tushirildi

Gaz xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini beruvchi mobil ilova ishga tushirildi

“Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan aholi isteʼmolchilarining tabiiy gaz sarfi va xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini beruvch…
14:24 / 21.11.2024
23-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

23-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 3-5, kunduzi 12-14 daraja iliq bo‘ladi.
23:34 / 22.11.2024
Ukrainadagi vaziyat sabab To‘qayev mamlakatni harbiy shay holatga keltirmoqda

Ukrainadagi vaziyat sabab To‘qayev mamlakatni harbiy shay holatga keltirmoqda

Bu haqda, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti axborot xizmati xabar bermoqda.
12:01 / 22.11.2024
Metroning 4 ta bekatida hojatxonalar qurilishi boshlandi

Metroning 4 ta bekatida hojatxonalar qurilishi boshlandi

Qurilish boshlangan bekatlar quyidagilardir: “Buyuk ipak yo‘li”, “Amir Temur xiyoboni”, “Paxtakor” va “Beruniy”.
12:04 / 21.11.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!