Hindiston dunyodagi aholisi eng koʻp mamlakat nomiga ega boʻldi va bu borada Xitoyni ortda qoldirdi.
“World Population Review” tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning 17-aprel holatiga koʻra Hindistonda 1 425 937 441 kishi hayot kechirmoqda. Xitoyda esa bu koʻrsatkich 1 425 744 008 ga teng.
Maʼlumot uchun, Hindiston ulkan iqtisodiy salohiyatga ega, bu nafaqat aholi soni, balki uning tarkibi bilan ham bogʻliq. Mamlakatdagi har 100 nafar mehnatga layoqatli insonga 47 nafar mehnatga layoqatsiz fuqaro toʻgʻri keladi. Taxminlarga koʻra, 2048-yilga kelib ushbu nisbat 45 tagacha tushadi, davlat esa mazkur koʻrsatkich boʻyicha mamlakatlar reytingidagi 23-oʻringa koʻtarilib oladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!