“Rossiya hududida ona-ona qarovisiz, nazoratsiz yoki og‘ir ijtimoiy ahvolda bo‘lgan bir guruh voyaga yetmagan bolalar vatanimizga qaytarildi”, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Mazkur ishlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining Moskva shahridagi Elchixonasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Milliy ijtimoiy himoya agentligi hamkorligida tuzilgan ishchi guruh jonbozlik ko‘rsatgan.
Jumladan, dastlab ishchi guruh tomonidan Sankt-Peterburg, Chelyabinsk va Moskva shaharlarida nazoratsiz qolgan yoki og‘ir ijtimoiy ahvolda bo‘lgan 16 nafar voyaga yetmagan bola aniqlanib, O‘zbekistonga qaytarilgan.
Shuningdek, Yekaterinburg, Volgograd, Ufa, Nijniy Novgorod, Xakasiya, Moskva viloyati, Maxachqal’a va Novosibirsk shaharlaridan 19 nafar ota-ona qarovisiz qolgan bolaning vatanga qaytishiga ham ko‘maklashilgan.
Voyaga yetmagan bolalarning shaxsiy ma’lumotlarini aniqlash, ularni o‘z vataniga qaytarish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va boshqa tashkiliy masalalarni hal etish ishlari Rossiya Federatsiyasining vakolatli organlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!