Meteorologiya xizmati ma’lumotlariga muvofiq Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan, markazlashgan issiqlik ta’minoti ijtimoiy obyektlarda 2025-yil 3-noyabrdan, turar joy obyektlarida 5-noyabrdan boshlab yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilindi.
Sizning turar-joyingizda yoki rahbarlik qilayotgan muassasangizda issiqlik ta’minoti yoqilishi jarayonida biror-bir muammo va nosozliklarni aniqlasangiz yoki issiqlik yetkazib beruvchi tashkilot, XUJMSh va BSK rahbarlari yoki mutasaddilari tomonidan belgilangan ishlarni to‘laqonli amalga oshirilmayotganligining guvohi bo‘lsangiz 1055 yoki 71 210-01-87 raqamlariga murojaat qilish so‘ralmoqda.
“Bu bilan Siz, shahardagi issiqlik ta’minoti yetkazib beruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarga tizimdagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, bartaraf etish masalasida sezilarli yordam bergan bo‘lasiz”, – deyiladi Toshkent shahar hokimligi xabarida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!